Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Ana xolos! Lempard "Chelsi"da jarimalar tizimini joriy etdi

Ana xolos! Lempard "Chelsi"da jarimalar tizimini joriy etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoada jarimalar tizimini joriy etdi deya xabar tarqatmoqda Daily Mail.

Manbaning yozishicha, mashg‘ulotlarga kech qolgan futbolchilar 20 ming funt jarimaga tortiladi. Shuningdek, jamoaning yig‘ilishlariga kech qolganlar 500 funt to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Agar futbolchi o‘yin kuni avtobusga kech qolsa yoki shifokor qabulga kech qolsa u holda 2500 funt jarimaga mahkum. Jamoada ichki yig‘ilish bo‘layotganida yoki jamoa bilan birgalikda ovqat mahalda telefondan foydalanish mumkin emas -1000 funt, shuningdek, o‘yin kuni ham futbolchi rejadagidek kiyinmasa 1000 funt “chaqib” oladi. Agar futbolchi kasalligi yoki jarohati haqida dam olish kunidan bir kun avval ogohlantirib qo‘ymasa, o‘z 10 ming funt bilan “ogohlantiriladi”. Lempardning tartib-intizom kodeksi  "Chelsi" mashg‘ulot bazasiga osib qo‘yilgan.

Agar qoidabuzarlar jarimani 14 kun mobaynida to‘lamasa, u holda jarima miqdori oshib boraveradi. Jarimalarni murabbiylar shtabi nazorat qiladi. Jarimadan tushgan pullar xayriya yo‘lida ishlatiladi yoki jamoa tadbirlariga sarf qilinadi.

Qayd etish kerakki, agar agentlar rasmiy ish bilan shug‘ullanmayotgan bo‘lsa, u holda ular “Chelsi”ning mashg‘ulot bazasiga kelishlarini ham Lempard ta’qiqlab qo‘ygan.

Bundan tashqari, futbolchilar dam olish kunlari xorijga chiqib ketayotganligi haqida ma’lumot berishlari shart! 

Kiritildi: 11:31, 13.11.2019.
O'qildi: 5711 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.