Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan Prezident farmonini takomillashtirish muhokamaga qo‘yildi

Futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan Prezident farmonini takomillashtirish muhokamaga qo‘yildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon loyihasi e’lon qilinish arafasida turibdi. Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida mazkur farmonni takomillashtirish va uni yanada boyitish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, O‘FA raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov, Respublikamizda futbol sohasida ulkan tajribaga ega bo‘lgan soha mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdi.

So‘nggi yillarda xalqimizining salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatimizda alohida o‘rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Yig‘ilishda Abdujabbor Abduvohidov so‘zga chiqib, sohani rivojlantirish yo‘lida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Dunyo tajribasidan ma’lumki, futboli zo‘r bo‘lgan mamlakatning iqtisodi ham yaxshi bo‘ladi. Mazkur farmon muhokamaga qo‘yilishidan avval uni O‘FA raisi bilan yaxshilab muhokama qilib oldik. Zero, shaxsan Prezidentimizning o‘zlari futbolni yanada rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berdilar. Mana, bizning bokschilarimizni butun dunyo tan oldi. Nega boshqa sport turlarida bunday darajaga chiqa olmaymiz? Chunki sportning ushbu turida yillar davomida shakllanib kelayotgan o‘zbek boks maktabi bor, malakali mutaxassislar va yaxshi yo‘lga qo‘yilgan tizim mavjud. Mana shu tizimli ishlashni boshqa sport turlarida ham yo‘lga qo‘ysakgina natijaga erisha olamiz. Buning uchun ishni, avvalo, bolalar futbolini rivojlantirish va xususiy futbol maktablarini rivojlantirishdan boshlash kerak. Mana shunday tashabbus bilan chiqadigan tadbirkorlarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz”, – dedi Abdujabbor Abduvohidov.

 

Mazkur farmonda O‘zbekistonda futbolni aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qit’a birinchiliklarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari bo‘yicha farmon loyihasi tayyorlandi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Farmon loyihasi futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha 18 ta band, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida professional futbolni rivojlantirish sxemasi (4 yo‘nalishda), 5 bobdan iborat O‘zbekistonda futbolni 2030 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi, 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan “Yo‘l xaritasi”, 7 qismni o‘zida jamlagan 2030 yilgacha futbolni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari, 2020–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablarini tashkil etish, ularda qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish jadvali, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladigan professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushlari va xo‘jalik jamiyatlarining ulushlari ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kabi ilovalardan tashkil topgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:53, 18.11.2019.
O'qildi: 7050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.