Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Mourinyo va 1,6 mlrd yevro: bu raqam oshadimi?

Mourinyo va 1,6 mlrd yevro: bu raqam oshadimi?

Baho:
+ | -

Transferlarga eng ko‘p mablag‘ sarflaydigan murabbiy kim? Odatda, transferlarga ko‘p mablag‘ sarflaydigan, kuchli futbolchilarni sotib oladigan murabbiy deganda ko‘z oldimizga ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola keladi. Ammo buni qarangki, aslida, Pep futbolchilarga pul sarflash bo‘yicha uchinchi o‘rinda turar ekan.

Birinchi o‘rinda kim dersiz? Bu kechagina “Tottenxem” ustoziga aylangan Joze Mourinyo. Portugaliyalik mutaxassis shu paytga qadar jami 97 ta yangi futbolchilarni xarid qilgan. Buning uchun jami 1,6 mlrd yevro sarflagan.

Joze Mourinyo xuddi Gvardiola kabi muqim taktikasiga ega. Farqi shundaki, uning taktikasi Pepniki kabi doim ham samara beravermaydi.

Mourinyo o‘zi borgan jamoani taktikasiga moslashtirishga urinadiganlardan. Ayni shu jihat uning yangi futbolchilarni xarid qilishiga sabab bo‘ladi. Ya’ni yangi klubida uning g‘oyasiga mos kelmaydigan, taktikasini bajara olmaydigan futbolchilar bo‘lsa, shu bilan birga kimdir yoki kimlardir uning ish uslubiga qarshi chiqsa, o‘sha futbolchilarni transferga qo‘yadi va o‘rniga o‘zi bilgan futbolchilarni sotib olishga rahbariyatni ko‘ndiradi. Bu shu paytga qadar u boshqargan barcha jamoalarda yuz bergan holat. Ayniqsa, “Real”da yaqqol ko‘ringan. O‘sha Raul, o‘sha Kasilyas va hokazo.

Mourinyoning bu xatti-harakatlari “Chelsi”da ham yakunda o‘zini oqlamadi. U menga mos kelmaydi deya sotib yuborgan futbolchilar bugun o‘z jamoalarida yetakchi. Ilgari o‘zi ketkazib yuborgan futbolchilarni Mourinyo bugun istasa ham qaytara olmaydi jamoasiga.

“Tottenxem” — Mourinyoning professional tarzda bosh murabbiylik qiladigan 10-klubi. Shu paytga qadar Joze 14 ta jamoada ishlagan, shularning 4 tasida o‘z vaqtida murabbiy yordamchisi bo‘lgan. Aytmoqchi bo‘lganim, Mourinyo ana shu klublarda ishlagan paytida 97 ta transferni amalga oshirgan. Klublar soni va futbolchilar sonini taqqoslaganda katta natija, to‘g‘rimi? Ta’kidlash kerakki, bu transferlar har doim ham o‘zini oqlagani yo‘q.

Buni qarangki, Joze “Tottenxem”da ham an’anasiga sodiq qolmoqchi. Mourinyo Londonga “Real” a’zosi Garet Beylni olib kelish niyatida. Sababi, Mourinyoning jamoalari qarshi hujum taktikasiga tayanib o‘ynashga o‘rgangan va Beyl bu taktikaga juda mos keladi — tezkor, zarbasi kuchli. Ammo ushbu xarid yozga qoldi, chunki “shporlar” rahbariyati qishda transferlar uchun pul ajratilmasligini Mourinyoga ma’lum qildi.

Ushbu reytingning ikkinchi pog‘onasi italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottiga nasib etdi. U uchinchi o‘rindagi Gvardiola bilan bir xil — 1,2 mlrd yevro sarflagan. Anchelotti jami 85 ta futbolchini xarid qilgan bo‘lsa, Gvardiola 52 ta futbolchini “o‘ziniki” qilib olgan.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 10:17, 21.11.2019.
O'qildi: 4359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.