Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futbol afsonalarining xayrlashuv so‘zlari

Futbol afsonalarining xayrlashuv so‘zlari

Baho:
+ | -

Xar qanday boshlangan narsaning yakuni bo‘lganidek, futbolchilar va klub o‘rtasidagi munosabatlar ham bir kun o‘z yakuniga yetadi. Uzoq muddat klub safida to‘p surgan futbolchilarning aksariyati o‘zlarining so‘nggi uchrashuvlarida yoki, so‘nggi matbuot anjumanlarida klub va muxlislarga xayrlashuv maktubini yozishadi. Bugun eng ta’sirli maktublarni e’tiboringizga havola etamiz.

Iker Kasilyas

Bugun sizlarni bu yerga yig‘ishga qaror qilish oson bo‘lgani yo‘q. ushbu qaror ustida men va oila a’zolarim uzoq vaqt bosh qotirdik. Men «Portu»ning tqaklifini 2 ta sababga ko‘ra qabul qildim. Birinchisi Portugaliya futboliga bo‘lgan qiziqsh bo‘lsa, ikkinchisi Hayotimda o‘zgarish qilishni istadim. Darhaqiqat, qirollik klubidan ketish oson emas. Men bu jamoaga ilk mashg‘ulotlarimni o‘tkazish uchun velosapedda kelgan edim. O‘tgan yillar davomida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lganim bilan faxrlanaman. Ushbu yillar davomida mening do‘stimga aylangan, muxlislarga alohida minaddorchilik bildirishni istayman. Aynan ular sababli, hayotda nimagadir erisha oldim deb hisoblayman. Umid qilamanki, biz yana uchrashamiz. Madridga qay yo‘sinda bo‘lsada, qaytishni juda istayman.

Xavi

Bugun ortga qarab shuni tushunib yetdimki, o‘z xayotimni «Barselona»siz tasavvur eta olmas ekanman. Ushbu klub meni bolalik chog‘imda o‘z bag‘riga qabul qilgan bo‘lsa, uni erkak sifatida tark etyapman. Faoliyatim boshida bunchalar ko‘p sovrin va e’tirofga sazovar bo‘lishimni orzu ham qilmagan edm. Mening orzu va istakarimni ro‘yobga chiqarishda ko‘mak bergan «Barselona»nit ark etish oson emas,biroq umid qilamanki klubni tark etishim kelajak uchun foydali bo‘ladi. Biz «Barselona»ning naqadar buyuk klub ekanligini his etdim maydonda to‘p surganmiz. Ishonamanki, kelajak avlod ham qanday jamoa sharafini himoya qilayotganini chuqur anglab yetadi. Biz yana uchrashishimizga ishonchim komil. Shunday ekan, barcha muxlislarga va «Barselona» jamoasiga ko‘rishguncha deb qolaman.

Andres Inyesta

Bugun men uchun juda og‘ir kun, lekin ortimda juda ajoyib o‘tgan 22 yil turibdi. Men uchun ushbu klub sharafini himoya qilish juda katta faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Men kelajakda dunyodagi eng kuchli klub sharafini munosib himoya qilganim haqida nevaralarimga so‘zlab beraman. Uzoq yillar davomida muxlislar mehrini his etib turganim uchun ularga alohida minaddorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek, men bilan to‘p surgan barcha jamoadoshlarimga ham rahmat. Ularning barchasini birdek yaxshi ko‘raman va ularni sog‘inib qolaman. «Barselona» doimmo mening yuragimda mangu qoladi.

Arsen Venger

Uzoq yillar davomida menga chidab kelganingiz uchun raxmat. Bu oson bo‘lmaganini yaxshi bilaman. Shunday bo‘lsada, unutmang, men ham huddi sizlar kabi «Arsenal»ning doimmo g‘alaba qozonishini istaganman. Men ham sizlar kabi «Arsenal»ning muxlisiman. Bundan kelib chiqadiki, biz barchamiz futbolni har bir hujayrasi bilan his eta olamiz. Biz o‘z klubimiz uchun qayg‘uramiz, asabiylashamiz  va ba’zan g‘azablanamiz. Men keyinchalik «Arsenal» futbolchilarini yanda faolroq qo‘llab-quvvatlab turishingizni iltimos qilaman. Bu yigitlar shunga loyiq. O‘z nutqimni oddiy qilib yakunlamoqchiman. Sizlarni sog‘inib qolaman.

Franchesko Totti

Afsuski, ushbu daqiqalar yetib keldi. Uni hech qachon kelmasa kerak deb o‘ylar edim. So‘nggi kunlarda men juda ko‘p smslarni o‘qib chiqdim. Ularni o‘qir ekanman, yosh boladek nuqul yig‘layverdim. «Roma» libosida o‘tgan 28 yilni oddiy bir so‘z bilan ta’riflashning iloji yo‘q. Kecha men va turmush o‘rtog‘im ikkimiz stol atorifida o‘tirib uzoq suhbalashdik. O‘tgan yillarni yodga oldik. Faoliyatim davomida meni qo‘llab-quvvatlab turgan «Roma» senga rahmat. Men qo‘shiqchi yoki shoir bo‘lganimda chiroyli so‘zlar yoki qo‘shiq orqali o‘z minaddorchiligimni muxlisalrga bildirgan bo‘lar edim. Afuski, bularning hech biri qo‘limdan kelmaydi. Vaqti soati kelib oliy hakam senga qaror qabul qilish vaqti kelganini aytadi. Ushbu yillar davomida men bilan yelkama-elka turgan oila a’zolarimning va muxlislarning har bir g‘alabamda ulkan hissasi bor. Barcha-barchasi uchun rahmat

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:01, 24.11.2019.
O'qildi: 4301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.