Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 1-0 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi

Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFAning o‘zbekistonlik referisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov rasman hakamlik faoliyatini yakunlagani e’lon qilindi. Bu haqida Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) qarorgohida tashkil etilgan maxsus marosimda ma’lum qilingan.

Ravshan Ermatov marosimda OFK tomonidan Osiyo futboliga qo‘shgan hissasi uchun maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

“17 mavsum davomida OFKda faoliyat yuritish men uchun ulkan sharaf bo‘ldi. Osiyo Chempionlar Ligasining beshta finali, to‘rtta Osiyo Kubogi va uchta Jahon Chempionatida ishlash menga yorqin xotiralarni berdi.

Men Osiyo futbol oilasining a’zosi ekanimdan faxrlanaman. Endi tayoqchani yosh kasbdoshlarimga topshirish vaqti keldi. Ishonchim komil, ular o‘z oldiga eng oliy maqsadlarni qo‘ygan holda, yuqori cho‘qqilar uchun intiladi”, deydi Ermatov.

Ma’lumot uchun, Ermatov 2003-2019-yillarda hakam sifatida faoliyat yuritgan. U 16 yillik faoliyati davomida Jahon Chempionati final bosqichida 11 ta o‘yinni boshqarib Jahon Chemionatida eng ko‘p o‘yin boshqargan hakam bo‘lgan. Shuningdek, u besh marta Osiyoning eng yaxshi hakami nomiga loyiq ko‘rilgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:19, 27.11.2019.
O'qildi: 5261 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик