Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante 1-1 Espanyol
11/01 22:00 Verona 0-1 Lasio
12/01 00:45 Inter - Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari
13/01 00:45 Yuventus - Cremonese
13/01 01:00 Sevilya - Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya

Jamshid Saidov: "Derbi doim qiyin o‘tadi"

Jamshid Saidov: "Derbi doim qiyin o‘tadi"

Baho:
+ | -

25-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon"-"Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mezbonlar yordamchi murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Derbi-o‘z nomi bilan derbi. Derbidagi o‘yinlar qiyin kechadi. O‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan keyin bugun muxlislarimizni xursand qilmoqchi edik. Raqib ham o‘z o‘yinini namoyish etish uchun tashrif buyurgandi. Futbol 90 daqiqadan iborat bo‘ladi, yigitlarimiz iroda namoyish etib mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Muxlislarga sovuqda bizni qo‘llab-quvvatlab turgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa, futbolchilarga iroda namoyish etishgani uchun rahmat aytmoqchiman.

– O‘yin natijasidan qoniqdingizmi?

– Umuman olganda qoniqdim. G‘alaba qozonishni juda xohlagandik. Lekin yakunda durang natijasini qayd etdik.

– Bosh murabbiy qani?

– Aleksandr Xomyakov kecha lisenziyasini yangilash uchun Kiyevga o‘qishga ketdi.

– Bosh murabbiyning yo‘qligi bilindimi?

– Albatta, bilindi. Lekin futbolchilar professional, o‘z ishlarini qilishi shart.

– Raqibdan qanday o‘yin kutgan edingiz?

– Yuqorida aytib o‘tdim, derbi- bu derbi. Bunday o‘yinlarda o‘ynash doim qiyin. Birinchi davrada ham bu jamoa bilan durang o‘ynagan edik. Ular ham bugun yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Biz ham muxlislar oldida o‘zimizni oqlamoqchi edik.

– Mamatkazin so‘nggi daqiqalarni hujumda o‘tkazdi. Bu Sizni ko‘rsatmangiz edimi?

– Ha, haqiqatdan ham Ildar so‘nggi 25 minutda oldinga chiqishni xohladi. Vaziyatni o‘zgartirishga ishtiyoqi yuqori edi. Shu bois oldinga o‘tishiga ruxsat berdim.

– Negadir yigitlarda ishtiyoq yo‘qdek o‘ynashmoqda?

– Bilasizmi, bularni barchasi mablag‘ga bog‘liq. Hozir moliyaviy qiyinchilikni boshdan o‘tkazyapmiz. Ular ham so‘nggi turni g‘alaba qozonib, o‘z uyiga pul olib ketishmoqchi.

– "Qizilqum" ga qarshi o‘yinda jamoa g‘alaba qozonadimi?

– Men ham oddiy odamman, oldindan o‘yin natijasini aytib bera olmayman. Lekin maksiman natijani qo‘lga kiritishga va ta’tilga yuqori kayfiyatda chiqib ketishga harakat qilamiz.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 22:04, 27.11.2019.
O'qildi: 1602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.