Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Boks. Tokio-2020da hakamlarning baholari har bir raunddan so‘ng e’lon qilib boriladi

Boks. Tokio-2020da hakamlarning baholari har bir raunddan so‘ng e’lon qilib boriladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks yurtimizda eng sevimli sport turlaridan biri ekani sir emas. Barchamiz hamyurtlarimiz ishtirokidagi janglarni katta hayajon bilan kuzatib boramiz. Ayniqsa, har bir raund yakuniga yetgach hakamlarning bokschilarga qanday ochko berganini hamma katta hayajon bilan bilishni istaydi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining boks bahslarini o‘tkazish va nazorat qilib borish uchun tuzgan komissiyasi yangi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, Tokio Olimpiadasining saralash bahslari va Olimpiya o‘yinlarida o‘tkaziladigan janglarda hakamlarning bokschilar uchun bergan ochkolari har bir raund yakunida e’lon qilib boriladi. Bu holatga Rio Olimpiadasi vaqtida ham guvoh bo‘lgan edik.  

Morinari Vatanabe boshchilik qilayotgan maxsus komissiya ochkolarning bunday e’lon qilinishiga baholanish mezonining shaffof va adolatli bo‘lishi kerakligi bilan izoh bermoqda. XOQning ma’lum qilishicha, bunday qaror sportchilar bilan o‘tkazilgan konsultasiyadan so‘ng qabul qilingan. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, maxsus komissiyaning qaroriga ko‘ra, Rio Olimpiadasining boks bahslarida ishlagan referilar yangi Olimpiya o‘yinlari saralash musobaqalari va Tokio-2020da faoliyat olib bora olmaydi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo qit’asi va jahon miqyosida Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi boks turnirlari kelasi yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan, 13-24 may kunlari esa Fransiyaning Parij shaharlarida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 08:45, 29.11.2019.
O'qildi: 4289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.