Futbol klublarining umumiy qiymati ular ko‘rsatgan natijalarga bog‘liq ekanligidan xabaringiz bor. Bugun Yevropaning grand klublarining aksiyalari narxi nechog‘lik ko‘tarilgani, yoki pasaygani borasida statisktik ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashamiz. Jamoalarning umumiy qiymatini 2015-yildagi raqamlar bilan o‘lchaymiz va qaysi klub so‘nggi yillarda rivojlanayotganini bilib olamiz.
«Bavariya»
Boshqa klublardan farqli o‘laroq ushbu klub katta transferlarsiz ham o‘z daromadini oshirishga muvaffaq bo‘lib kelmoqda. Yozda transferlar uchun 148 million yevro ishlatgan klub o‘zining rekordini yangiladi. So‘nggi 4 yil ichida Myunhen klubi amalga oshirgan eng katta transfer Toliso bo‘lib, klub uning uchun 40 million yevrodan voz kechishiga to‘g‘ri keldi. Eng katta daromad keltirgan transfer esa, Duglas Kosta bo‘lib, Myunhen jamoasi futbolchi ortidan 48 million yevro ishlab oldi. Katta transferlarni amalga oshirmaganiga qaramay, klub safida Ernandes, Koutino, Gnabri singari qimmat futbolchilar to‘p surmoqda. Myunhen klubi avlodlar almashinuvini bir meyorda amalga oshirgani bois, ortiqcha trasnferlarsiz ham barchasini uddalamoqda. Klub bundan 4 yil ilgari 606,5 million yevroga baholangan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatgich 882, 3 million yevroni tashkil etmoqda.
PSJ
Parij klubi so‘nggi yillarda faqatgina «Barselona» va «Manchester Siti»dangina kamroq transfer qilmoqda. Neymar va Mbappening Parijga ko‘chib o‘tishi necha pulga tushganidan xabaringiz bor. Afsuski, boshqa grand klublardan farqli o‘laroq, PSJ futbolchilarni sotish ortidan katta daromad olmaydi. Bundan 4 yil ilgari Parij klubining qiymati 433,5 million yevroga bahonalgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatgich 1,05 milliarddan oshib ketdi. Albatta, bu summa juda katta ko‘rinishi mumkin, biroq PSJ ushbu ro‘yxatdagi klublardan farqli o‘laroq katta daromad keltirmaydingan jamoa.
«Manchester Siti»
Pep Gvardiola o‘zining rejalarini amalga oshirish uchun katta transferladan foydalanishi hech kimga sir emas. Aynan Pep avvaliga 200 million, keying mavsumda esa, 308 million yevroni transferlar uchun sarflab yubordi. Tan olish lozim, xaridlar ko‘p o‘tmay o‘z samarasini bera boshladi. 2015-yilda klubning eng qimmat o‘yinchisi Aguero (50 million yevro) bo‘lgan bo‘lsa, Hozirda Sterling, Bernardo, Sanening narxi 100 milliondan oshib ketdi. 4 yil avval «shaxarliklar»ning umumiy qiymati 425 millionga baholangan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatgich 1,28 milliardga teng.
«Yuventus»
Italiya grandi so‘nggi 4 yil ichida yaxshiga o‘sishga erishgani tahsinga sazovar. 384 million yevroga baholangan «Yuve»ning ayni damda umumiy qiymati 837 milliondan oshib ketdi. «Kalchapoli» voqeyasidan so‘ng, o‘zini tiklab olgan klub oldida shlyapani yechmaslikning iloji yo‘q. 5 yil avval klub safidagi eng qimmat futbolchi Pol Pogba (50 million yevro) bo‘lgan bo‘lsa, hozir tarkibda 90 va 80 millionlik bir nechta futbolchilar to‘p surmoqda. Iguain va Ronalduni inobatga olmasa, klub deyarli birorta katta xaridni amalga oshirmasdan ham Italiyadagi o‘z hukmronligini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
«Barselona»
Katoloniya klubidagi o‘sishni alohida qayd etib o‘tish lozim. So‘nggi 4 yil ichida klubning qiymati 583 milliondan 1,18 milliardgacha ko‘tarildi. Bu shunchaki fantastik ko‘rsatich. So‘nggi yillarda Grizman, Dembele singari katta haridlarni amalga oshirgan klub sayyoramizdagi eng katta foyda oluvchi jamoalardan biri hisoblanadi. Klub safiga qo‘shilganida Ter Shtegenning qiymati 15 million yevroni tashkil etayotgan edi, hozirda bu raqamlar 90 milliongacha ko‘tarilgani e’tiborga molik.
«Real Madrid»
Qirollik klubi ham o‘zining azaliy raqibidan ortda qolmaslik uchun harakatdan to‘xtab qolgani yo‘q. O‘zining 700 millionlik ko‘rsatgichini 1,19 million yevroga aylantirib olgan jamoa tarkibidagi futbolchilari bilan maqtana olmaydi. Asosiy yulduzlarning Yoshi o‘tgani va Ronalduning ketishi klubning qiymatini tushurib yubormadi. Rodrigo, Vinisius, Asensio singari futbolchilarning narxi ko‘tarilgani bois, jamoa o‘z darajasini ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.