Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

«Bunyodkor kubogi». Bugun musobaqa start oladi

«Bunyodkor kubogi». Bugun musobaqa start oladi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar
«Bunyodkor» futbol klubi o‘z tarixida ilk bor 2005 yilda tug‘ilgan bolalardan iborat jamoalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan «Bunyodkor Kubogi» xalqaro musobaqasini o‘tkazadi.   Xabaringiz bor, Yurtboshimizning «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi jamoatchilikka e’lon qilinganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Mazkur farmonda bolalar futboliga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish bo‘yicha alohida bandlar ishlab chiqilgan. «Bunyodkor» futbol klubi davlatimiz rahbarining farmonini hayotga tatbiq etish maqsadida bolalar futboliga e’tiborni yanada ijobiy tarafga o‘zgartirish yo‘lidan bormoqda. Akademiyamiz jamoalarining turli musobaqalarda qayd etayotgan natijalari, bosh jamoamizning o‘zagini asosan tarbiyalanuvchilarimiz tashkil qilishi to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni anglatadi.    Shu vaqtgacha tarbiyalanuvchilarimiz uzoq-yaqin davlatlarda tashkil qilingan xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelardi. Endi tarbiyalanuvchilarimiz «Bunyodkor» futbol klubi mezbonlik qiladigan xalqaro musobaqada qatnashadi. 16ta jamoa qatnashadigan  «Bunyodkor Kubogi»ning geografiyasi keng olindi. Nafaqat poytaxt jamoalari, balki Respublikamizning turli hududlarida tarbiya topayotgan bolalar ham musobaqamiz mehmoni bo‘ladi. Qolaversa, qo‘shni Qozog‘istonning to‘rt jamoasini beshta tarkibi «Bunyodkor Kubogi»ning ilk sohibi bo‘lish uchun kurash olib boradi.   Musobaqa 4-8 dekabr kunlari «Bunyodkor» akademiyasi maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Qozog‘iston jamoalari bugun yurtimizga yetib keladi va o‘zlari uchun ajratilgan mehmonxonalardan joy oladi. Shuningdek, bugun tushdan so‘ng tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi o‘tkaziladi. Kechki payt esa, jamoalarning rasmiylari ishtirokida yakuniy «mandat komissiyasi» tashkil qilinadi.    «BUNYODKOR KUBOGI-2019» ishtirokchilari 1. «Bunyodkor-1» 2. «Paxtakor» 3. Jizzax FA 4. «Nasaf» 5. FK «Mersa» (Olmaota, Qozog‘iston) 6. GUDYUSSHOR-17 (Chimkent, Qozog‘iston) 7. «Aristan-1» (Olmaota, Qozog‘iston) 8. O‘zbekiston t.j. (2005-2006 yillar) 9. «Lokomotiv» (Toshkent) 10. «Spartak» (Toshkent) 11. Sirdaryo FA 12. Andijon FA 13. «Bunyodkor-2» 14. «Odil-Junior» (Namangan) 15. «Aristan-2» (Olmaota, Qozog‘iston) 16. SDYUSHOR-8 (Nursulton, Qozog‘iston)

Qur’aga ko‘ra, ishtirokchilar quyidagi tartibda guruhlardan joy oldi. 

«BUNYODKOR KUBOGI-2019»
«A» guruhi: «Bunyodkor-1», Jizzax FA, «Bunyodkor-3», «Aristan-2» (Olmaota).
«B» guruhi: «Paxtakor», «Nasaf», «Mersa» (Olmaota), O‘zbekiston U-16 terma jamoasi.
«C» guruhi: «Lokomotiv» (Toshkent), Sirdaryo FA, «Bunyodkor-2», «Aristan-1» (Olmaota).
«D» guruhi: «Spartak» (Toshkent), Andijon FA, «Odil Junior» (Namangan), SDYUSHOR-8 (Nursulton).

Uchrashuvlar taqvimi
1-tur. 4 dekabr (chorshanba)
11:00 «Bunyodkor-1» - «Bunyodkor-3»
11:00 «Paxtakor» - «Mersa»
11:00 «Lokomotiv» - «Bunyodkor-2»
12:10 Jizzax FA - «Aristan-2»
12:10 «Nasaf» - O‘zbekiston U-16
12:10 Sirdaryo FA - «Aristan-1»
13:20 «Spartak» - «Odil Junior»
13:20 Andijon FA - SDYUSHOR-8

2-tur. 5 dekabr (payshanba)
11:00 «Bunyodkor-1» - Jizzax FA
11:00 «Paxtakor» - «Nasaf»
11:00 «Lokomotiv» - Sirdaryo FA
12:10 «Bunyodkor-3» - «Aristan-2»
12:10 «Mersa» - O‘zbekiston U-16
12:10 «Bunyodkor-2» - «Aristan-1»
13:20 «Spartak» - Andijon FA
13:20 «Odil Junior» - SDYUSHOR-8

3-tur. 6 dekabr (juma)
11:00 «Bunyodkor-1» - «Aristan-2»
11:00 «Paxtakor» - O‘zbekiston U-16
11:00 «Lokomotiv» - «Aristan-1»
12:10 Jizzax FA - «Mersa»
12:10 «Nasaf» - «Mersa»
12:10 Sirdaryo FA - «Bunyodkor-2»
13:20 «Spartak» - SDYUSHOR-8
13:20 Andijon FA - «Odil Junior»

Yarim final o‘yinlari 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tsa, final 8 dekabrga belgilangan. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, musobaqaning Nizomiga ko‘ra barcha ishtirokchilar 5tadan uchrashuvda maydonga tushadi. O‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar chempionlik yo‘lida kurash olib borsa, ikkinchi o‘rin egalari 5-o‘rin uchun maydonga chiqadi. O‘z navbatida guruhni 3-4-o‘rinlarda yakunlagan ishtirokchilar 9 va 13-o‘rinlar uchun harakat qiladi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 11:43, 04.12.2019.
O'qildi: 3155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.