Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

RPL. «Rostov» nihoyat g‘alaba qozondi, Shomurodov 2ta golga uzatma berdi va 1ta penalti ishladi

RPL. «Rostov» nihoyat g‘alaba qozondi, Shomurodov 2ta golga uzatma berdi va 1ta penalti ishladi

Baho:
+1 | -

Rossiyaning "Rostov" klubi qishki tanaffusga g‘alaba bilan chiqib ketadigan bo‘ldi. Karpin shogirdlari 19-turni Moskvada "Spartak"ga qarshi o‘tkazib, yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. Vatandoshimiz Eldor Shomurodov ushbu g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.

Bahsning 22-daqiqasida Bayramyan tomonidan yetkazilgan uzatmaga o‘zbekistonlik futbolchi bosh bilan zarba berdi. To‘p esa ustunga tegib qaytdi va o‘sha joyda turgan Zaynutdinov darvozani ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida yon chiziqdan otib berilgan to‘pni Shomurodov bosh bilan raqib jarima maydoniga o‘tkazdi. To‘p esa "Spartak" himoyachisining qo‘liga tegdi va penalti belgilandi. 11 metrli jarima zarbasini esa Ivelin Popov "panenka" uslubida tepdi, ammo mezbonlar posboni osongina to‘pni egallab oldi.

Ikkkinchi bo‘lim boshida Eldorning uzatmasidan keyin Ionov 1 metrdan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi — 0:2.

Bahsning 74-daqiqasida Shomurodov zaxiraga olindi va uning o‘rniga Sigurdarson maydonga tushirildi. Shundan keyin "Spartak" bitta javob to‘pini kiritgan bo‘lsa, "Rostov" yana ikki marta raqib darvozasiga yo‘l topdi — 1:4.

Ushbu g‘alaba tufayli "Rostov" o‘z ochkolarini 34taga yetkazgan holda jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilgancha qishki ta’tilga yo‘l oldi. Shomurodov esa dastlabki 19ta turda 10ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi.

Rossiya premyer-ligasi, 19-tur
Spartak – Rostov 1:4 (0:1, 1:3)
Gollar: 0:1 – 22 Zaynutdinov, 0:2 – 53 Ionov, 0:3 – 79 Chistyakov, 1:3 – 81 Ponse, 1:4 – 83 Zaynutdinov.
Spartak – Maksimenko, Umyarov, Zobnin, Jikiya, Til (Shyurrle, 72), Melgarexo, Bakayev, Kral, Mirzov (Bakayev, 80), Ponse, Larsson.
Rostov – Pesyakov, Kozlov, Chernov, Xajikadunich, Chistyakov, Popov, Zaynutdinov (Saplinov, 87), Bayramyan, Normann, Ionov (Dolgov, 90), Shomurodov (Sigurdarson, 74).
Ogohlantirishlar: Popov (18), Jikiya (38), Kral (42), Umyarov (77), Saplinov (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:04, 08.12.2019.
O'qildi: 8588 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик