Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Nagoya shahri delegasiyasi O‘zbekiston futbol assosiasiyasida bo‘ldi

Nagoya shahri delegasiyasi O‘zbekiston futbol assosiasiyasida bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayni kunlarda Yaponiyaning Nagoya shahri delegasiyasi yurtimizda bo‘lib turibdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash borasida qator uchrashuv va tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Nagoya shahri delegasiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va Yaponiya mamlakatlarining futbol sohasida ham yaqindan hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash, bolalar futboli, futzal, ayollar futboli bo‘yicha birgalikda loyiha va dasturlar amalga oshirish, turli yosh toifalari o‘rtasida musobaqalar tashkil etish, futbolning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, o‘zbekistonlik mutaxassislarning Yaponiyaga malaka oshirish uchun borishlari kabi masalalar muhokama etildi.

Ikkitomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashda O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov mutaxassislarimizning ish salohiyatini oshirish uchun yapon tajribasini o‘rganish muhim ekanini aytib o‘tdi:

- Hakamlik faoliyatim davomida Yaponiyada ko‘p marotaba bo‘lganman. Yapon mutaxassislarining o‘z kasbiga bo‘lgan munosabati, ularning o‘z ishga puxta yondashishi, tashkiliy masalalarda juda ham professional ekanliklari taqsinga loyiq, aynan shuning uchun ham Yaponiya futboli bugungi kunda shunday yuqori saviyaga chiqdi. O‘zaro hamkorligimiz doirasida o‘zbekistonlik futbol mutaxassislarini Yaponiyaga malaka oshirish uchun yuborib, yapon tajribasini o‘rganishga harakat qilamiz. O‘zaro hamkorlik kelajakda ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishiga ishonamiz, - deya ta’kidladi O‘FA birinchi vise-prezidenti.

O‘z navbatida yaponiyalik mutaxassislar mehmondo‘stlik va iliq munosabatdan mamnun ekanliklarini bildirib, aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini, bu borada endilikda izchil ravishda ish olib borilishini ta’kidlashdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:49, 14.12.2019.
O'qildi: 2089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик