Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

O‘zilning bayonotidan keyin Xitoyda «Arsenal» – «Manchester Siti» o‘yini translyasiyasi bekor qilindi

O‘zilning bayonotidan keyin Xitoyda «Arsenal» – «Manchester Siti» o‘yini translyasiyasi bekor qilindi

Baho:
+ | -

"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zil kuni kecha Xitoy hukumati uyg‘ur millatiga nisbatan zulm o‘tkazayotgani va bunga qarshi kurashish kerakligi haqida bayonot tarqatgan edi.

Bunga javoban Xitoy hukumati mamlakatda Angliya chempionatining 17-turi doirasida bo‘ladigan «Arsenal» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin translyasiyasini bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar tarqatdi.

«Arsenal» klubi esa O‘zilning bayonotiga o‘z munosabatini bildirar ekan, bu futbolchining shaxsiy fikri ekani, u jamoaning fikrini anglatmasligini ta’kidlagan edi. Londonliklar Xitoy hududidagi biznes-manfaatlarini yo‘qotib qo‘yishni istashmayapti.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" - "Manchester Siti" o‘yini Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 18:19, 15.12.2019.
O'qildi: 9931 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик