Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

«Bunyodkor» yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

«Bunyodkor» yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, "Bunyodkor" jamoasi kechadan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Aytish kerak, dastlabki kungi mashg‘ulotlarda yengil tarzda o‘tkazildi. Bugun esa, futbolchilar «trenajer zali»da shug‘ullanishdi. Qolaversa, aerobika murabbiyi qo‘l ostida ham mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. 

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, tarkibda yangi tajribali futbolchilar yo‘q. Bir necha iqtidorli o‘yinchilar ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilingan. Mashg‘ulotlar katta murabbiy Marat Miftaxuddinov boshchiligida o‘tkazilmoqda. Shuhrat Maqsudov, Abdusattor Rahimov va Yorqin Nazarov Marat Valentinovichga ko‘maklashmoqda.

Bosh murabbiy Vadim Abramov xorijda davolanayotgani sababli ayni vaqtda jamoa bilan birga emas. Vadim Karlenovich 20 dekabrdan so‘ng Toshkentga qaytadi va mashg‘ulotlarni o‘zi o‘tkaza boshlaydi. 

Mashg‘ulotlar 29 dekabrgacha davom etishi rejalashtirilgan. Yig‘in doirasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. 

Kiritildi: 15:35, 17.12.2019.
O'qildi: 2909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик