Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Navbahor”da 15 nafar legioner ko‘rikdan o‘tadi

“Navbahor”da 15 nafar legioner ko‘rikdan o‘tadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘tgan mavsumda bronza medali sohibiga aylangan Namanganning “Navbahor” jamoasi yakunlangan mavsumda 9-o‘rin bilan kifoyalandi.

Albatta, ushbu salbiy natija klub rahbariyatini qoniqtirmaganligi aniq. Shu bois, jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Xabaringiz bor, 17 dekabrdan qishki transfer “oynasi” ochildi va 2020 yilning 7 martigacha davom etadi.

Mazkur vaqt oralig‘ida “Navbahor” murabbiylar shtabi bir qator mahalliy va xorijlik mahoratli hamda tajribali futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazib, ulardan ma’qul kelganligi bilan shartnoma imzolaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “lochinlar” yangi mavsumga tayyorgarlikni 2020 yilning 7 yanvaridan boshlashadi.

Mashg‘ulotlarga jamoa bosh murabbiyi, rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis boshchilik qiladi. Kanchelskis Namanganga 6 yanvar kuni yetib keladi.

7 yanvardan boshlanadigan mashg‘ulotlarda bir qator mahalliy futbolchilar bilan birgalikda 15 nafar xorijlik o‘yinchilarning ham ko‘rikdan o‘tishlari kutilmoqda.

Mazkur futbolchilar Rossiya, Ukraina, Gollandiya, Makedoniya, Ispaniya, Portugaliya, Serbiya va Misr mamlakatlaridan yurtimizga tashrif buyurishadi.

Kiritildi: 13:00, 18.12.2019.
O'qildi: 8125 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик