Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

APL. Artetaning «Arsenal»dagi debyuti omadli chiqmadi (videosharh)

APL. Artetaning «Arsenal»dagi debyuti omadli chiqmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 19-turi doirasida "Arsenal" safarda "Bornmut" klubi mehmoni bo‘ldi. "Kanonirlar"ning yangi bosh murabbiyi Mikel Arteta uchun debyut o‘yin muvaffaqiyatli chiqmadi.

Bahsning 35-daqiqasida mezbonlar uyushtirgan kombinasiyani Den Gosling samarali yakunlab, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida londonliklar hisobni tenglashtirishdi. Bukayo Sako yo‘llagan zarba natijasida to‘p himoyachiga tegib, qulay pozisiyada turgan Obameyangga kelib tushdi. Pyer-Emerik 5 metrdan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yin oxiriga qadar "Arsenal" golga tortadigan vaziyat yarata olmadi. Aksincha, "Bornmut" raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi, ammo gol ofsayd tufayli bekor qilindi.

Mazkur 1 ochko tufayli "kanonirlar" jadvalning 11-pog‘onasida qoldi.

Angliya chempionati, 19-tur
Bornmut – Arsenal 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 35 Gosling, 1:1 – 63 Obameyang.
Bornmut – Remsdeyl, Simpson, Kuk, Mifem, Steysi, Lerma, Freyzer, Kuk, Gosling (Billing, 70), King (Uilson, 66), Uilson.
Arsenal – Leno, Meytlend-Naylz, Papastatopulos (Mustafi, 77), David Luiz, Ozil (Uillok, 75), Jaka, Torreyra, Nelson (Pepe, 82), Lyakazett, Obameyang, Saka.
Ogohlantirishlar: Lerma (53), Torreyra (54), Meytlend-Naylz (55), Obameyang (64), Mifem (84), Kuk (85), Lyakazett (90), Uilson (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:11, 26.12.2019.
O'qildi: 3660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик