Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Habib oyoqsiz bolaning Ronaldu bilan uchrashishiga yordam berdi (foto+video)

Habib oyoqsiz bolaning Ronaldu bilan uchrashishiga yordam berdi (foto+video)

Baho:
+ | -1

Yengil vazndagi UFC chempioni Habib Nurmagomedov Qozog‘istonga tashrif buyurib, matbuot anjumanida ishtirok etdi va 11 yoshli Ali Turg‘anbekov bilan uchrashdi. Bu bola oyoqsiz tug‘ilgan. Habib Ali bilan gaplashdi va u bilan futbol o‘ynadi. Bundan tashqari, rossiyalik sportchi 11 yoshli bolaning bir orzusini amalga oshirishga yordam berdi.

Ali Turg‘anbekovning ota-onasi Qozog‘iston poytaxtiga ko‘chib kelishga majbur bo‘ldi. Chunki, sharoit yo‘qligi tufayli bolani u tug‘ilgan joydagi maktabga qabul qilishmagan. Oyog‘i yo‘qligiga qaramay, u futbol o‘ynaydi. Shu paytgacha u Maradona, Neymar, Mbappe kabi mashhur futbolchilar bilan uchrashgan. U jarnalistlar bilan suhbatda Habib bilan uchrashishni orzu qilishini ma’lum qilgan.



Nurmagomedov esa 23 dekabr kuni Almati shahrida tashkil etilgan Gorilla Fighting Championship musobaqasiga tashrif buyurdi. 24 dekabr kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida esa Ali unga «PSJ» yulduzlari — Neymar, Mbappe, Tiago Silva va Kavanining imzosi tushirilgan to‘pni sovg‘a qildi.

«Men Habibga o‘zim uchun qimmatli bo‘lgan sovg‘ani taqdim etdim, lekin men ko‘proq insoniylik xislatlarini, e’tibor, rahmdillikni hamda Habib kabi buyuk chempion va kamtar insonlarni qadrlayman. U menga ko‘p vaqtini va e’tiborni ajratdi», – deya yozdi Ali o‘zining instagramdagi sahifasiga. 

Oradan 2 kun o‘tib esa Nurmagomedov Turg‘anbekovni Birlashgan Arab Amirliklariga olib borib, hozirda qishki ta’tilni Dubayda o‘tkazayotgan Ronaldu bilan uchrashuvni tashkil qilib berdi. Ali Krishtianu bilan mehmonxonada uchrashdi.

Bolakay dastlab Ronalduga to‘pni otdi va bir nechta uzatmalardan keyin o‘z kumirini quchoqlab oldi.

«Mana nima uchun sen jahondagi eng yaxshi futbolchisan. Katta rahmat, Krishtianu. Sen mening ukamni baxtli qilding», – deya yozdi Habib uchrashuv videosining ostiga.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 16:51, 29.12.2019.
O'qildi: 11017 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик