Angliya chempionatining 20-turi doirasida «Arsenal» o‘z uyida «Chelsi»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, «kanonirlar»ning g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi 5ta bahsga yetdi. Umuman olganda, «Arsenal» so‘nggi 15ta o‘yinning faqat bittasidagina g‘alaba qozongan. Londonliklar APLning 16-turi doirasida «Vest Xem»ni 3:1 hisobida mag‘lub etishgan edi.
«Arsenal» o‘z uyidagi so‘nggi 4ta o‘yinda mag‘lubiyat alamini tortmoqda. Avvalroq ular «Emireyts»da «Manchester Siti» (0:3), «Brayton» (1:2) va «Ayntraxt» (1:2)ga imkoniyatni boy berishgan edi. Jamoa so‘nggi bundan 60 yil avval — 1959 yilning dekabr oyida shunday salbiy seriya qayd etgan edi.