“Liverpul” ustozi "Vulverxempton"ga qarshi uchrashuvdang so‘ng kichik intervyu berib o‘tdi.
Yurgen 2019-yil siz uchun qanday o‘tdi va nimalar bilan yodingizda qoldi?
Bilasizmi, biz allaqachon katta yo‘lni bosib o‘tdik. Endilikda esa, mendan barcha 2019-yil qanday bo‘lgani haqida so‘ramoqda. Bu ajoyib yil bo‘ldi, lekin buning hech qanday ahamiyati yo‘q. Futbolda muhimi mavsumning qanday o‘tishi. Kalendarning o‘zgarishi hech narsani anglatmaydi. Boz ustiga 2019/20 yilgi mavsum hali o‘z yakuniga yetgani yo‘q. Boz ustiga oldimizda 18 yoki 19 ta o‘yin kutib turibdi. Umuman olganda oldimizda o‘yinlar ko‘p. Katta ehtimol bilan bu uchrashuvlarning aksariyati qiyin o‘tishi aniq. Bunga asosli sabablar mavjud. So‘nggi turlarga kelib raqiblarimizning aksariyati bizga qarshi uchrashuvlarda himoyada harakat qilishadi va shu yo‘sinda ECHL va YL musobaqasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi. Shunday ekan, biz bor e’tiborimizni bir joyga jamlagancha kurashga tayyor bo‘lishimiz kerak.
Mavsum so‘nggida biz dekabrda qancha ochko ishlaganimiz hech kimni qiziqtirmaydi. Mavsumning birinchi qismidan so‘ng turnir jadvalidagi o‘rnimizni ushlab qolish boriasida ishlaymiz.
Yurgen Sadio Mane yoki Muhammad Salah kelasi hafta Afrikaning eng yaxshi futbolchisi nomini qo‘lga kiritishi mumkin. Ulardan qay biriga ovoz bergan bo‘lar edingiz?
Bu yerda hammasi oddiy. Ularning ikkisining ham o‘yini menga yoqadi. Sadio va Salahning ikkisiga ham bu sovrinni topshirgan bo‘lar edim, biroq buni biz hal etmaymiz. Mening shaxsiy fikrim ikkita futbolchi ham bu sovringa loyiq. Asosiysi sovrin emas, asosiysi futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchining ortishi! Mana gap nimada. Agarda yigitlar o‘zlari nimaga qodir ekanligini chuqquroq his etishsa, maydonda ikki hissa ishonch bilan harakatlanishlari mumkin. Bu borada ularning ikkisidan ham ko‘nglim to‘q. Qay biri qit’aning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishidan qat’iy nazar biz ular uchun xursandmiz.