Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

“Real”ning 21 asrdagi 10 ta eng yaxshi futbolchisi

“Real”ning 21 asrdagi 10 ta eng yaxshi futbolchisi

Baho:
+ | -

Madridning “Rayel” jamoasi o‘zining ulkan transferlarni amalga oshirishi bilan boshqa jamoalardan farq qiladi. Bu jamoa libosini qanday yulduzlar kiymadi deysiz?! Ronaldo, Fugu, Ouyen, Zidan, Pushkash, Di Stifano… bu nomlarni uzoq davom ettrish mumkin. Shunday bo‘lsada, ular orasidagi eng kuchli 10 ta futbolchini alohida qayd etishga qaror qildik. Ular bilan tanishing

Luka Modrich (2013 yildan beri jamoa tarkibida)

 

Xorvatiyalik yarim himoyachi maydonda u qadar ham ko‘zga tashlanmasligi mumkin, biroq uning yo‘qligi darrov bilinib qoladi. Zidanning falsafasini ro‘yobga chiqarishda eng muhim figuraga aylangan Luka klub tarixida abadiy qolishi aniq.

 

Marselo (2007 yildan beri jamoa tarkibida)

 

Braziliyalik himoyachi “Real”ning ketma-ket g‘alabalariga shunchalik katta xissa qo‘shdiki, uning ayni damdagi xatolarini o‘ylab o‘tirmasdan kechib yuborish mumkin. To‘g‘ri, ayni damda uning o‘yinidan pasayish kuzatilmoqda, biroq uning avvalgi mehnatlarini qadrlamaslikka hech kimning xaqqi yo‘q.

 

Karlos Kazimiro (2013 yildan beri jamoa tarkibida)

Braziliyalik tayanch yarim himoyachisi vatandoshlaridan farqli o‘laroq mudofada kuchli o‘yin ko‘rsatadi. “Qaymoqranglilar”ning o‘yini o‘xshamasa ham Kazimiro so‘nggi soniyalarga qadar o‘z ishini to‘liq bajargani bois muxlislar mehrini qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Karim Benzema (2009-yildan beri jamoa tarkibida)

Yer yuzida birorta futbolchi Benzema singari tinimsiz tanqid qilinmagan bo‘lsa, ajab emas. Bir tarafdan olib qaralsa, tanqidlarning ayrimlari o‘rinli, biroq Karim jamoa tarixidagi 4-o‘rindagi to‘purar ekanligini unutmaslik lozim. Bugungi kunga kelib Karim jamoaning chinakam yetakchilaridan biri darajasiga ko‘tarilganini unutmaslik lozim.

 

Klod  Makelele (2000 – 2003)

Zidan vatandoshini “Chelsi”ga sotib yuborishgach u haqidagi eng mashxur iqtibosni keltirgan edi: “Matori yulqib olinga “Bentli” mashinasini bo‘yashnin nima keragi bor?” Darhaqiqat, aynan Makalelening bir o‘zi Figu, Zidanni oldida bemalol to‘p surishi uchun tayanch zonasini bir o‘zi berkitishga qodir futbolchi edi.

Zayniddin Zidan (2001 – 2006)


 

Uning murabbiylik borasida erishgan yutuqlari o‘z yo‘liga. Zidan jamoa libosini kiygan eng kuchli tehnika egasi unvonini hech kimga bermaydi desak, adashmagan bo‘lamiz.

 

Raul (1994-2010)

“Real Madrid”ning 21-asrdagi chinakam yuziga aylana olgan hujumchi haqida soatlab gapirish mumkin. O‘z o‘yini bilan barchani bir necha onga sehrlab qo‘yuvchi kamtarin yulduz jamoa uchun o‘zini to‘liq bag‘ishladi. Jamoa unga abadiy shartnoma taklif qilganiga qaramay, sevgan jamoasning manfa’atlari uchun Madridni tark etishga majbur bo‘ldi. Mana buni sodiqlik desa bo‘ladi!

 

Iker Kasilyas (1998 – 2015)

 

Uni o‘qimishli bezori deb atashar edi. Tashqaridan sovuqqon va hotirjam ko‘ringa darvozabon jamoasining g‘alabasi uchun maydonda chinakam bezoriga aylanar, deyarli iloji yo‘q to‘plarni olib chiqar edi. Yaqin o‘tmishning eng yaxshi darvozabonlaridan biri ayni damda sog‘lig‘idagi muammolar tufayli ekranlarda ko‘rinmay qoldi.

 

Serhio Ramos (2005 yildan beri jamoa tarkibida)

Jamoa safida o‘tkazilgan o‘yinlari soni bo‘yicha 4-o‘rinda borayotgan Serhio Ramoasni bejizga “El kapitano” deyishmaydi. 628 ta uchrashuvda ishtirok etgan himoyachi 89 bor raqib darvozasiga yo‘l topgan. Bir qarashda uning himoyachi ekanligiga ham ishongin kelmaydi.

 

Ronaldu (2008 – 2018)

Jamoa tarkibida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanishi hech kimga sir emas. Ortda qolgan 10 yil davomida Ronaldu “Real Madrid”da to‘p surgan deyarli barcha afsonalarning rekordlarini yo‘qqa chiqaribgina qolmay, barcha muxlislarni ham o‘ziniki qilib oldi. Afsuski, o‘z faoliyatini Madridda tugatishni istamadi. Aks xolda, klub uni barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchi deb e’lon qilishi ham hech gap emas edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:52, 02.01.2020.
O'qildi: 10509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.