Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Unikum»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Unikum»

Baho:
+ | -

Ikkinchi o‘n yilligimizni Ronaldu va Messi erasi sifatida eslab qolamiz, ammo jahon futbolida bir siymo borki, uning futbolga qo‘shgan hissasi boshqa tomonlama unikum. Ikkinchi o‘n yillik emas, hatto birinchi o‘n yillik emas, o‘tgan asrning oxirida -- 1999 yili professional futbolchiligini boshlagan Zlatan Ibrohimovich uchinchi o‘n yillikda ham futbol o‘ynamoqda!

O‘ynayotganida ham qandaydir Qatar klubida emas, Xitoy chempionatida emas, "Milan" tarkibida!

Qizig‘i, Zlatanni nomiga o‘ynatish uchun olib kelishmadi, "Milan"ni qutqarish uchun olib kelishdi. O‘ylayapsizmi, 1981 yilda tug‘ilgan "amaki"ga nisbatan hamon "qutqaruvchi" degan nom ishlatilyapti.

Unga Pioli alohida taktika o‘ylab o‘tirmayapti. 4-3-3 sxemasi bo‘yicha qolishini aytgan. Zlatan esa, hali Milanga kelmagan paytidayoq “o‘yinda jamoa mening sxemamga tushib olaveradi”, dedi.

Kutilgan transfer sodir bo‘ldi. Milan Zlatanda, e, uzr, Zlatan Milanda!

U jamoada 21-raqamda o‘ynaydi. 21-asrdagi yulduz menman, degani bo‘lsa kerak?!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:50, 03.01.2020.
O'qildi: 4302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик