Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Navbahor” yig‘iniga yana ikki nafar legioner qo‘shiladi

“Navbahor” yig‘iniga yana ikki nafar legioner qo‘shiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, “Navbahor”ning shu yilning 10 yanvaridan boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mahalliy futbolchilardan tashqari, 13 nafar xorijlik o‘yinchilar ham jalb etilishgani, ularning soni yig‘in davomida yanada oshishi ehtimoli ham yuqori ekanligini ta’kidlagandik.

Mazkur legionerlarning safiga yana ikki nafar legioner qo‘shiladigan bo‘ldi. Ularning biri kamerunlik Mbassi Emmanuel Rikkardo bo‘lib, 1994 yil 17 dekabrda tug‘ilgan. Ampluasi – hujumchi.

Ikkinchi xorijlik futbolchi esa turkmanistonlik Shuhrat Suyunov. Suyunov 1992 yilning 8 martida tug‘ilgan. Ampluasi – himoyachi. Shuhrat Suyunov 2010-2014 yillarda Ashxobodning MTTU klubida to‘p surib, ushbu jamoa tarkibida 2014 yili OFK prezidenti kubogini qo‘lga kiritgan. 2015 yildan buyon “Oltin Asr” (Ashxobod) klubida o‘ynamoqda. Suyunov mazkur jamoa safida 2015 yilgi mavsumda Turkmaniston chempioni bo‘lish bilan birga, Turkmaniston kubogi va superkubogi sohibiga aylangan.

Shuningdek, Shuhrat Suyunov 2011 yildan buyon Turkmaniston milliy terma jamoasida to‘p suradi va shu kungacha terma jamoada 21ta o‘yinda maydonga tushgan.YAna bir e’tiborga molik jihat shundaki, 27 yoshli himoyachi 2016 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, Turkmanistonning “eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan.

Demak, Suyunov Turkmanistonning eng mahoratli o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.     

Bundan kelib chiqadiki, “lochinlar”ning 10 yanvardan boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida 30 nafarga yaqin mahalliy hamda 15 nafar xorijlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishadi.

Legionerlar esa oldin xabar berganimizdek, Yevropaning Rossiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Bosniya va Gersogovina, Ispaniya, Portugaliya va Serbiya, Afrikaning Misr hamda Kamerun, Osiyoning Janubiy Koreya va Turkmaniston mamlakatlaridan tashrif buyurishadi.   

Bu esa jamoamizning murabbiylar shtabida tanlov imkoniyati ham yuqori bo‘lishini anglatadi.

Mazkur futbolchilardan qaysi biri “Navbahor” murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirsa,  o‘sha o‘yinchi bilan shartnoma imzolanadi.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 16:32, 04.01.2020.
O'qildi: 6223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик