Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Rus nashri RPLning grand klublariga o‘tishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Rus nashri RPLning grand klublariga o‘tishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Rossiyadagi taniqli "[NE]futbolnaya strana" nashri o‘rtamiyona jamoalarda to‘p surayotgan iqtidorli futbolchilar va ularni xarid qilishni mo‘ljallayotgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Quvonarlisi shundaki, ushbu ro‘yatda Eldor Shomurodov ham o‘rin egalladi. Bugun ushbu ro‘yxatdagi kuchli beshlikni tashkil etgan futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o‘tmamiz.

Danil Fomin

 

Asli “Krosnadar” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanuvci iqtidorli futbolchi asosiy jamoa safiga yorib kirishi uddalay olgani yo‘q. Turli klublarida ijara asosida to‘p surish ham unga foyda bermadi. Kariyeraning omadsiz boshlanganidan tushkunlikka tushmagan yarim himoyachi yangi mavsumni “Ufa” klubida boshladi. Boshqiristonliklar ustozi Vadim Yefremov Fominni ochilmagan qirralarini kashf etishga muvaffaq bo‘ldi. Yangi mavsumdagi ishonchli o‘yinlari evaziga rus Busketsi laqabini olgan Danil ko‘p o‘tmay terma jamoadan ham chaqiruv oldi va debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Baland bo‘yli, jismonan baquvvat futbolchi “Ufa”ning qarshi hujumga tayangan o‘yin uslubida o‘zini yaxshi his eta boshladi. Ko‘p o‘tmay, futbolchi bilan turli grandlar qiziqishni boshladi. Ayni damda Fomin uchun kurashda Rossiyaning biye emas uchta jamoasi ishtirok etmoqda. Ular : “Dinamo”, “Rubin” va SSKA jamoalari bo‘lib, ustunlik “armiyachilar” tomonida.

Eldor Shomurodov

Bugungi kunga kelib RPLning bir emas 4 ta grandi saviyali hujumchi qidirayotganidan xabaringiz bor. O‘zbek ayni damda o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda. Uning sermahsulligi pasaygan bo‘lsada, bu uning transfer qiymatiga zarracha ta’sir o‘tkasligi aniq. Boz ustiga, Eldor dekabr oyida O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi, Osiyoning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasiga da’vogar bo‘ldi va eng muhimi bir nechta xorij klublarining skautlari nazariga tushdi. “Rostov”ning birinchi davradagi so‘nggi o‘yinlarida uni stadiondan turib “Lion”, “Shalke”, “Shtutgard”, “Galatasaray” jamoalarining vakillari kuzatishdi. Shu o‘rinda unga bizning top jamoalar ham befarq bo‘lgani yo‘q. katta ehtimol bilan Eldorni RPLda olib qolishga qodir jamoalardan biri tez orada “Rostov” bilan aloqaga chiqishi kutilmoqda.

Anton Zinkovskiy

“Krilya Sovetov” jamoasidagi o‘yinlari bilan barchani o‘ziga qarata olgan yarim himoyachining ham qishki transferlar chog‘ida jamoasini o‘zgartirishi haqidagi mish-mishlar ko‘payib bormoqda. Dribbling va fint ustasi katta ehtimol bilan qishda “Krosnodar” jamoasi a’zosiga aylanadigan ko‘rinadi. RPLdagi degionerlar bo‘yicha limitning ishga tushishi aynan “buqalar”ni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Klub katta ehtimol bilan o‘z legionerlarining o‘rnini qishki transferlar chog‘ida mahaliy futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qiladi. Shunday ekan, katta ehtimol bilan Anton Rossiyaning janubiy qismiga yo‘l oladigan ko‘rinadi..

 

Dmitriy Chistyakov

Mavsum boshida “Rostov” tomonidan xarid qilingan Chistikov mavsumning chinakam kashfiytlaridan biri bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Himoyachi o‘tgan yil davomida o‘zini har jabhada ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi va faoliyati davomida ilk bor terma jamoadan chaqiruv oldi. Undagi o‘sish esa, RPLning grandlari tomonidan kuzatib borilmoqda. Katta ehtimol bilan 25 yoshlik futbolchi “Zenit” tomonidan xarid qilinshi kutilmoqda. Ayni damda, piterliklarda himoyadagi muammolar ko‘payib ketdi. Mamana jarohati bois 5 oyga safdan chiqqan bo‘lsa, Branislav Ivanavich bilan tuzilgan shartnoma yozda o‘z yakuniga yetadi. Bu himoyachilarni bir chetga surib qo‘ysak, klubda ikita himoyachi qoladi xolos. Raitskiy va Osoiro. Shunday ekan, “Zenit” qishda himoyachi sotib olishga majbur. “Rostov”ning ayni damdagi mouliyaviy ahvolidan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu transfer amalga oshish imkoni yanada oshadi.

Aleksandri Sobolev

Aleksandr Sobolev 10 ta gol bilan to‘puarlar poygasida qolayotganidan xabaringiz bor. Baland bo‘yli va ulkan tajribaga ega futbolchi RPLdagi legionerlar limitidan so‘ng, barcha grandlar uchun asossiy nishonga aylanishi tahmin qilinmoqda. Darhaqiqat, uning “Krilya Sovetov” bilan tuzgan shartnomasida tavon puli sifatida 2 million yevro ko‘rsatilgan. Bu Rossiya grandlari uchun hech qanday muammo tug‘dirmaydigan summa. Ayni damda hujumchi uchun bir nechta Moskva klublari qiziqish bildirgan. Ular orasida “Lokomotiv” va “Spartak Moskva” jamoalari ham mavjud. Futbolchining agenti Yevropa klublaridan biriga o‘tishni rejalashtirayotgan bo‘lsada, katta ehtimol bilan Rus klublari uning fikrini o‘zgartirishi hech gap emas.

Manba: "[NE]футбольная страна"
Kiritildi: 14:36, 06.01.2020.
O'qildi: 5439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.