Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

PSJ “Milan”ning ikki futbolchisga ko‘z tikdi

 

“Parijning PSJ jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida o‘z tarkibiga “Milan”ning ikki futbolchisini qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.”,-deb xabar tarqatmoqda "Corriera della sport" nashri.

Manba bergan ma’lumotga qaraganda Parij klubi Milan shaxri jamoasi yarim himoyachisi Lukas Paketa va himoyachi Alessio Romanyolini sotib olishni rejalashtirmoqda.

PSJ ikki futbolchi uchun “Milan”ga 80 million yevro to‘lashni rejalashtirmoqda. Italiya nashrlari bergan xabarlarga ko‘ra, bu narx “Milan”ni ham mutloq qoniqtiradi. Agarda, futbolchilar va PSJ o‘rtasida hech qanday muammo chiqmasa, qishki transfer oynasi yopilginiga qadar PSJ ikkita futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.


Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Parijliklar “Milan”ning yana bir futbolchisi Frank Kessye bilan ham qiziqqan edi.

PSJ tarkibni “tozalamoqchi”

Parij super klubi qishki transfer oynasi chog‘ida o‘z tarkibidagi bir nechta futbolchilarni sotuvga qo‘yishga qaror qildi. Bu haqida taniqli sport.es nashri xabar bermoqda. Ayni damda Parijliklar bir yo‘la bir nechta futbolchini zudlik bilan sotib yuborish choralarini ko‘rishmoqda.

Klub tuzgan “qora ro‘yxat” bilan tanishing: Toma MenYE, Telo Kerer, Idrissa Geye, Leandro Paredes, Ander Errera, Yulian Draksler va Edinson Kavani. Bu ro‘yxat yanada kattalashish mumkin. Bu futbolchilarning umumiy qiymati 195 million yervoga teng bo‘lishiga qaramay, jamoa o‘z futbolchilarini arzonroq narxlar evaziga bo‘lsa ham qo‘yib yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Manba bergan ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, parijliklar yarim himoyadagi yo‘qotishni Emre Jan va Kristian Eriksenlar yordamida to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

Ukrainalik futbolchi Turkiya klubiga o‘tdi

Ayni damda Ukraina terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri sanalmush Denis Garmash faoliyatini Turkiyada davom ettriadigan bo‘ldi. Turkiyaning “Rezesipor” jamoasi bu haqida o‘zining rasmiy saytida ma’lumot berib o‘tdi. Hozircha turk klubi futbolchini 6 oyga ijara asosida tarkibiga qo‘shib olmoqda. Agarda, klub futbolchining o‘yinidan qoniqsa, yozda Turkya klubi “Dinamo” Kiyev”dan Garmashning shartnomasini sotib olishi rejalashtirilmoqda.

Endilikda “Rezesipor” tarkibida ukrainalik futbolchilarning soni ikkitaga yetdi. Bundan avvalroq 2019-yilda Nikolay Morozyuk ham “Rezesipor” futbolchisiga aylangan edi.

“Yuventus” turkiyalik futbolchini olib qolmoqchi

Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Merix Demirel bir yo‘la bir nechta grandlar e’tiboriga tushib qolganidan xabaringiz bor. 21 yoshlik turk uchun kurashga “Manchester Siti”, “Lester”, “Borussiya Dortmund” singari jamoalar kirishganiga qaramay, “Yuve” himoyachini sotishdan bosh tortmoqda.

“Tuttosport” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda “Lester” himoyachi uchun 35 million yevro taklif qilgan bo‘lsa, nemis klubi Demirel uchun 40 milliondan ham voz kechishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Kuni kecha klub rahbarlari turkiyalik futbolchining kelajagi borasida so‘nggi qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, Demirel borasidagi barcha takliflar yozga qadar ko‘rib chiqilmaydingan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar futbolchining agenti bilan “Shalke”, “Bayer” va “Inter” jamoasi vakillari bog‘lanishga urungan.

“Barselona” Vidalni sotadimi?

Katoloniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal bilan Milanning “Inter” klubi jiddiy qiziqib qolgani haqida avvalroq ham xabar bergan edik. Italya klubi futbolchini 15 million yevo evaziga sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi, biroq klub chililik futbolchi 20 milliondan kamiga sotilmasligini ma’lum qilgan edi.

Direcn TV bergan ma’lumotlarga qaraganda, endilikda Vidalning hizmatlari bilan “Manchester Yunayted” ham qiziqib qolgan. “Qizil iblislar” yarim himoyachi uchun 22 million yevro taklif qilishmoqda. Klub rahbarlari futbolchini sotib yuborishga qarshi emas, biroq jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde Vidalni mavsum so‘nggiga qadar jamoada qolishini istamoqda. Voqeyalar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:48, 07.01.2020.
O'qildi: 13372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.