Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Muammolar girdobida qolgan bugungi raqibimiz haqida

Muammolar girdobida qolgan bugungi raqibimiz haqida

Baho:
+ | -

Bugun butun O‘zbekistonning nigohi Tailandda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a birinchiligiga qaratilgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Musobaqada Olimpiyada yo‘llanmalari o‘rta tikilgani bois, unga bo‘lgan e’tibor juda ham katta. Shu sababli guruhdagi ilk raqibimiz Eron olimpiyachilari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tishga qaror qildik.

 

Musobaqaga qadar 3 ta murabbiy almashtirildi

Qanchalar g‘alati eshitilmasin, Eron futbol federatsiyasi va Olimpiya terma jamoasi o‘rtasida kichik uzilish mavjud ekanligi ko‘zga yaqqol tashlanib turibdi. Keling hammasi haqida batafsil. Eron Olimpiya terma jamoasi 2019-yilda Xorvatiyalik mutaxassis Zlatko Kranchar boshchiligida musobaqaga tayyorgarlikni boshladi. 2019-yilning boshida jamoa bir yo‘la uchta o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.

Qo‘shnilarimiz Tojikisoton terma jamoasiga (1:2) hisobida o‘yinni boy berib qo‘ygan Eron Qatar(2:1) va Quvayt (5:0) ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay Tailandda bo‘lib o‘tadigan musobaqaga saralashni o‘z uyida qabul qilgan Eron guruhda Iroq bilan bir hil 7 tadan ochko to‘plab yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsada, IFF Krancharni vazifasidan ozod qildi.

Biroz tanaffusdan so‘ng uning o‘rnini mahaliy murabbiy Farhod Majidi egalladi. Futbolchilik faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Majidi qo‘l ostida Eron sentyabr oyida O‘zbekistonga keldi va Drulovich shogridlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashvida maydonga tushdi. Toshgentda va Olmaliqda bo‘lgan  ikkala uchrashuvda ham imkoniyatni boy bergani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas (1:0, 4:1). Oktyabr oyida Eron futbol raxbarlari Farhod Majidini ham ishdan olishga qaror qilishdi. Toshkentdagi mag‘lubiyatning ham bunga ta’siri bor desak, adashmagan bo‘lamiz.

Majidi o‘z o‘rnini yana bir sobiq futbolchi Hamid Estiliga bo‘shatib berdi. O‘zining qattiqqo‘lligi bilan nom qozongan murabbiy jamoadagi barcha muammolarni tartib va intizomni o‘rnatish orqali hal qilishga urunib ko‘rdi. Bu esa, o‘z samarasini bermay qolmadi. O‘zining ilk o‘rtoqlik uchrashuvida Avstraliyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan Eron o‘z relsiga tushib olgandek ko‘ringan edi, biroq Indoneziya bilan o‘yinlar barchasini yaqqol ko‘rsatib berdi. Indoneziyada yig‘in o‘tkazgan forslar mahaliy jamoaga qarshi ikkita uchrashuv o‘tkazishgan bo‘lsada, (1:1, 2:1) birortasida g‘alaba qozonishni uddalay olishmadi. Noyabr oyida olimpiyachilar Qatardan ham 2:1 hisobidagi mag‘lubiyani qabul qilib olishdi.

Keskin fikrlovchi Estili


Qizig‘i shundaki, Estili Eron futbol federatsiyasini matbuot anjumanlarida tashkiliy ishlarda no‘noqlikda ayblaganiga qaramay iste’foga chiqargani yo‘q. Katta ehtimol bilan musobaqaga oz fursat qolgani bunga sabab bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Estili shogirdlari turnir boshlanishdan oldin yana bir bor Qatarlik tengqurlariga qarshi maydonga chiqishdi. Hakamning final hushtagidan so‘ng tablodagi natija 2:2 ni ko‘rsatgan bo‘lsada, Eronning o‘yinlaridagi muammolar yaqqol ko‘rinib qoldi. Olimpiya terma jamoasida ikkita legioner futbolchi mavjud bo‘lishiga qaramay, jamoaning suyagi ichki chempionat futbolchilaridan tashkil topgan. Estili musobaqadan olding yig‘inlar chog‘ida o‘z shogirdlarining barchasi bilan yaqindan tanishib olishga ulgurgani yo‘q. Sababi, “Sepaxon”, “Istiqlol”, “Fulad” va “Saypa” jamoalari ichki birinchilikdagi o‘yinlar sababli o‘z futbolchilarini yig‘inlarga jo‘natishdan bosh tordi.

Eron terma jamaosi musobaqa muhitiga tezroq moshlashib olish uchun 2-yanvar sanasidayoq Tailandga yetib keldi. Jamoaning musobaqa uchun yakuniy tarkibi bilan tanishing:

Darvozabonlar - Meraj Esmayeli ("Zob Ahan"), Habib Abbasifar ("Naft Masjed"), Mehdi Nurollahi ("Saypa").

Himoyachilar - Mehran Deraxshan ("Zob Ahan"), Omid Nurafkan ("Sepaxon"), Aref Agxasi ("Fulad"), Shahin Taherxani ("Istiqlol"), Mojtaba Najjarian ("Fulad"), Xosseyn Saki ("San’at Naft"), Matin Karimzoda ("Pars Jonubi").

Yarim himoyachilar - Amirhosseyn Hosseynzoda ("Saypa"), Ja’far Salmani ("San’at Naft"), Sina Zamehran ("Shahr Kodro"), Muhammad Xodabandehlo ("Paykan"), Mehdi Mehdixani ("Varazdin", Xorvatiya), Reza Dehgani ("Nassaji").

Hujumchilar - Mohammad Mohebbi ("Sepaxon"), Mehdi Gayedi ("Istiqlol"), Reza Jabireh ("San’at Naft"), Ali Shojayi ("Nassaji"), Amir Rustayi ("Persepolis"), Reza Shekari ("Traktor"), Ollohyor Sayyadmanesh ("Istanbulspor", Turkiya).

Xulosa o‘rnida: Murabbiy Eron va O‘zbekiston terma jamoalar o‘rtasida o‘yin oldidan tashkillashtirilgan matbuot anjumanida ham muammolarni “qistirib” o‘tganidan xabaringiz bor. Ayni damda Eron futbolidagi krizis Olimpiya terma jamoasini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Bugungi uchrashuv oldidan terma jamoamizga Stadion.uz nomidan ommad va zafarlar tilab qolamiz.

Manba: PerssanFootball.com
Kiritildi: 10:47, 09.01.2020.
O'qildi: 5366 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.