Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Atletik Bilbao 3-1 Rayo Valyekano
14/04 19:00 Indoneziya 0-6 KXDR
14/04 22:15 Tojikiston 2-2 Janubiy Koreya
14/04 23:45 Napoli 3-0 Empoli
15/04 00:00 Bornmut 1-0 Fulhem
15/04 00:00 Atletiko 4-2 Valyadolid
15/04 23:59 Borussiya D - Barselona
15/04 23:59 Aston Villa - PSJ
16/04 23:30 Nyukasl - Kristal Pelas
16/04 23:59 Real Madrid - Arsenal
16/04 23:59 Inter - Bavariya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Tottenhem” portugaliyalik futbolchiga qiziqmoqda

 

“Londonning “Tottenhem” klubi Portugaliyalaning “Benfika” jamoasi yarim himoyachisi Jadson Fernandeshni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi”,-deb xabar tarqatmoqda “Sky Sport” nashri.

Ayni damda “Benfika” Fernandesh borasida “Vest Hem” bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Londonning boshqa bir klubi 21 yoshlik futbolchini sotib olish sharti bilan 18 oyga ijaraga olishni istamoqda. Katta ehtimol bilan Jadson “Vest Hem” futbolchisiga aylanishi kutilayotgan edi, biroq endi futbolchi uchun kurashga “Tottenhem” ham qo‘shilgani vaziyatni biroz o‘zgartirishi mumkin.

Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Benfika” ikkita klubdan ham o‘ylab olish uchun 48 soat vaqt so‘ragan. Ikki kundan so‘ng, futbolchi va uning agenti Londonga uchib kelishi va muzokaralarning yakuniy qismi boshlashini kutilmoqda.

Dortmundliklarga himoyachi kerak

 

Dortmundning “Borussiya” klubi qishki transferlar chog‘ida «RB Leypsig» futbolchisi Lukas Klostermanni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqida taniqli “Bild” nashri xabar bermoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, markaziy himoyachining transferi bilan shaxsan Lyusyen Favrning o‘zi qiziqib qolgan.

Ayni damda Dortmund klubi murabbiyning iltimosiga ko‘ra, Lukasning transferi uchun 35 million yevro ajratgani haqida klub rasmiy sayti ma’lum qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi ushbu mavsumda 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozib qo‘ydi.

“Atletiko”ga yosh fransuz kerak

 

Madridning “Atletiko” klubi «Anjera» jamoasining yosh va iqtidorli futbolchisi Rayan Ait-Nuri bilan jiddiy qiziqib qoldi. "L'equipe" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 19 yoshlik futbolchini “matraschilar” qishki transfer chog‘idayoq Nurini sotib olish va uni klubiga yarim mavsumga ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ispanlar himoyachi uchun 12 million yevro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Rayan ushbu mavsumda 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta golni yozib qo‘ydi.

Sulsher yangi sardorni aniqlab oldi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiy Ole Gunnar Sulsher jamoaning yangi sardori kim bo‘lishini aniqlab oldi. Unga ko‘ra, “qizil iblislar”ning yangi yetakchisi sifati Xarri Maguyar tayinlanadi. Jamoaning amaldagi sardori Eshli Yangning klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgach, murabbiy shunday qarorga keldi.

Yang katta ehtimol bilan qishki transferlar chog‘ida Milanning “Inter” klubi safiga borib qo‘shilishi kutilmoqda. Futbolchining agenti ayni damda Milan shaxrida muzokalarning ikkinchi qismini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli himoyachi APLning 21 ta uchrashuvida maydonga tushdi va bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:12, 12.01.2020.
O'qildi: 10463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz