Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«O‘zbeklarni «sindirib», ishonchli g‘alaba bilan 1-o‘rinda chorak finalga olg‘a!»

«O‘zbeklarni «sindirib», ishonchli g‘alaba bilan 1-o‘rinda chorak finalga olg‘a!»

Baho:
+1 | -

Koreya matbuotida Janubiy Koreya U23 termasining chorak finalga guruh g‘olibi sifatida chiqish yo chiqmasligi qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lmoqda. “Sports Kyungyang” nashrida koreyslar O‘zbekiston U23 bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinda yutib, keyingi bosqichga mag‘lubiyatsiz chiqishni maqsad qilganliklari aytib o‘tilgan.

“Xitoy va Eron termalarini yenggan Koreya 6 ochko tO‘plagan holda O‘zbekiston bilan o‘tadigan o‘yin natijasidan qat`iy nazar chorak finalga chiqdi. Ammo, maqsadimiz 1-o‘rin”, — deyiladi maqolada. «Bizni durang natija ham qoniqtiradi, biroq biz O‘zbekistondan kuchliroq o‘yin ko‘rsatyapmiz va g‘alabaga ishtiyoqimiz baland”.
    
Ammo, bosh murabbiy Kim Hak Boum va ayrim muxlislar bunday fikrda emas. “Koreyaning O‘zbekistonni mensimasligi uchun sabab yo‘q, - deya, intervyu bergan Eron bilan o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Kim Hak Boum. - Birinchi o‘rinni egallashimiz shart emas. O‘yinchilarimiz tezlikni oshirishda davom etadilar, boshqa jamoalar singari O‘zbekiston ham bu yerga kelishdan oldin yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Biz o‘yinchilarimizning kuchli va kuchsiz tomonlarini birlashtirishimiz kerak”.

Koreya termasi murabbiyining Eron bilan o‘yinda qilgan o‘zgarishlaridan keyin muxlislar jamoaning zaiflashishidan xavotirga tushishgan. Ammo, Koreya birinchi bo‘limning o‘zida Eronga qarshi ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi va yakunda g‘alaba qozondi. O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu tiklanish muddatining qisqaligi sababli. Xususan, murabbiy 15 yanvar kuni tug‘ilgan kunini nishonlaydigan Ox Se Xunga e’tibor qaratgan. Xitoyga qarshi o‘yinda old chiziqda yakkalanib qolgan ushbu futbolchiga yana ishonch bildirilmoqda. Shuningdek, Eron bilan bahsda chap oyoqda ajoyib zarba yo‘llagan Jo Seon Xodan ham muxlislar gol kutishmoqda.

Rahmiddin Shermatov
Janubiy Koreya. Tegu shahri.
2020 yil, 14-yanvar.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:10, 14.01.2020.
O'qildi: 16329 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.