Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Azamat Abduraimov: «Shogirdlarimning bor mahoratini ishga solib ishlayotganidan mamnunman»

Azamat Abduraimov: «Shogirdlarimning bor mahoratini ishga solib ishlayotganidan mamnunman»

Baho:
+ | -

Ayni paytda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentda navbatdagi yig‘inini davom ettirmoqda. Azamat Abduraimov O‘FA rasmiy saytiga yig‘in, oldindagi rejalar va maqsadlar xususida gapirib o‘tdi:

– Birinchi galda biz joriy yil hisobidan ilk yig‘inni yanvar oyidayoq o‘tkazayotganimizdan xursandligimni aytib o‘tmoqchiman. Odatda yilning ushbu oyida ta’tilda bo‘lar edik.

Bizning bosh maqsadimiz – o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘l olish. Shu sababdan ish va tayyorgarlik rejasi o‘zgacha, zero oldimizga ulkan maqsadlar qo‘yyapmiz.

Bir necha kundan keyin terma jamoamiz Belarusda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

To‘g‘ri, ushbu musobaqada 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar qatnashadi va ular bizdan 1 yoshga katta. Lekin natijadan ko‘ra, tayyorgarlik jarayoni biz uchun muhim. Shuning uchun musobaqada ishtirok etishga rozilik berdik. Qolaversa, Yevropa jamoalari bilan kuch sinashish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz.

Bizda ish rejasi bor, jismoniy holat bo‘yicha ko‘p ish olib boryapmiz, test jarayoni o‘tkazdik, kim qanday sport formasidaligini tekshirib oldik, to‘psiz ko‘p mashq o‘tkazyapmiz, kross, trenajyor zalida ishlayapmiz, jismoniy holatni yaxshilash bo‘yicha ishlayapmiz.

Yig‘in doirasida 2 ta o‘yin rejalashtirilgan. Birinchi o‘yinni 12 yanvarda “Bunyodkor” 2003 bilan o‘ynab, g‘alaba qozondik. 16 yanvarda esa “Chig‘atoy” 2002 bilan bahs olib boramiz.

Men yigitlarning avvalboshdan bor kuch va mahoratini ishga solib mashq qilayotganidan mamnunman. Jamoada tartib joyida. Ular jamoada raqobat mavjudligini juda yaxshi bilishadi, yig‘inda 25 nafar o‘yinchi qatnashmoqda. Minskka esa 18 nafar futbolchi boradi.  Shuning uchun har bir o‘yinchi o‘zini ko‘rsatishga harakat qilyapti.

Hozir asosiy e’tiborni nazariyaga qaratyapmiz, hozir Osiyo chempionati saralash bahslarini tahlil qilib chiqdik. Maqsadimiz – final bosqichiga chiqish edi. Shuning uchun doim ham chiroyli va hujumkor o‘yin ko‘rsatmadik. Biz uchun natija eng muhimi edi. Biz maqsadga erishdik va endi ishlash uchun bemalol vaqtimiz bo‘ladi.

Tarkibimizdagi yigitlar yosh bo‘lgani uchun har kuni nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazyapmiz. Har safar kim qaysi pozisiyada turishi lozimligi, qayerda qanday harakat qilishi kerakligini yaxshilab tushuntiryapmiz. Bunga ko‘p vaqt ketadi, lekin busiz jamoa tuza olmaysan.

2020 yilga rejalarimizdan asosan oldin bizga yetishmagan xalqaro o‘yinlar o‘rin olgan. Minskdagi musobaqa, Saudiya Arabistoni, BAA, Ummon, Ozarbayjon bilan o‘yinlar.

Yig‘inlar, xalqaro o‘yin va musobaqalar orqali biz sekin-asta tarkibni aniqlashtirib boramiz, qolaversa o‘zimiz istagan – hujumkor, pressing va himoyadan o‘yinni yo‘lga qo‘yamiz. Hozircha raqiblarimizni bilmaymiz, lekin biz kuchli termalarga qarshi tayyorlanyapmiz – Yaponiya va Koreya. Ushbu musobaqada oddiy jamoalar bo‘lmaydi, faqat kuchli raqiblar bo‘ladi. Ba’zilar bilan oldinga o‘tib, ba’zilar bilan esa himoyadan turib o‘ynash lozim bo‘ladi. Ba’zan tashabbusni berib, qarshi hujumlardan unumli foydalanish ham zarur bo‘lishi mumkin. Bu narsalarni esa oldindagi musobaqa va o‘yinlarda ishlab chiqamiz,  – dedi murabbiy.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:51, 14.01.2020.
O'qildi: 2650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.