Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mourinyo: “Mbappeni ijaraga bering!”

Mourinyo: “Mbappeni ijaraga bering!”

Baho:
+ | -

“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo muxlislarni qiziqtirgan birnechta savollarga javob berib o‘tdi.

- Eriksenning jamoadagi ahvoliga oydinlik kirita olasizmi? Uning transferi qaysi darajaga yetib keldi?

- Men hozir aytadigan yangiligim jurnalistlar uchungina yoqimli bo‘lishi mumkin. Sizlarda deyarli har kuni qandaydir yangilik paydo bo‘lmoqda. Tan olish lozim, jurnalistlar ayni damda katta mashtabdagi ishni amalga oshirishmoqda. Deyarli barcha insonlar o‘z ekranlariga termulgancha yangiliklarni o‘qish bilan band. Bu ular uchun qiziq, biroq biz uchun bu yoqimsiz holat. Biz tomondan olib qaralganda, futbolchilar haqidagi yangiliklar deyarli yo‘q hisob. Birinchidan, biz har kuni futbolchi sotib olmaymiz. Ikkinchidan men ayrim hamkasblarimdan farqli o‘laroq boshqa jamoadagi futbolchilar haqida so‘zlashni istamayman. Eriksen borasidagi savolga javobim sizlarga hush kelmasligi aniq. Uning transferi tez kunlarda uzil-kesil hal etiladi.

- Kavani borasida nima deya olasiz?

- Ahir u PSJ futbolchisiku! Hozir sizga nima dedim(kuladi). Mening PSJ jamoasi rahbari va sport direktori bilan aloqalarim juda ham yaxshi. Yaxshi munosabatlar doim hurmatning ustiga quriladi. Shuning uchun ham PSJ futbolchisi haqida hech narsa demoqchi emasman. Agar bu savolni hazilga yo‘ysangiz, yaxshisi men do‘stlarimdan Mbappeni ijaraga berishlarini iltimos qilib ko‘raman.

- “Tottenhem”dagi davringiz mobaynida atigi 2 ta uchrashuvda gol o‘tkazib yubormadingiz. Bu nima bilan bog‘liq?

- Bilasizmi, siz gol o‘tkazib yubormagan uchrashuvlar deganingizning zamirida juda katta mohiyat mavjud. Masalan, jamoa “Uotfurd”ga qarshi quruq o‘yin o‘tkazguniga qadar bir yil davomida “Tottenhem” mehmonda darvozasi dahilsizligini saqlab qola olmagan. To‘g‘ri, bu futbolda juda muhim. Futbolchilar ham quruq o‘yin o‘tkazgach, o‘ziga bolgan ishonchi ko‘tarilganini sezdim.

Biz “Vest Hem”ni mag‘lubiyatga uchratganimizyodingizdami? O‘sha g‘alabaga qadar jamoa deyarli yarim mavsumdan beri mehmonda g‘alaba qozonishni uddalay olmayotgan edi. Afsuski, o‘yin va tablodagi hisob boshqa-boshqa narsalar. Siz nursiz durang qayt etish orqali quruq seriyani davom ettirishingiz mumkin, biroq bu yirik hisobdagi g‘alaba singari foyda bermaydi. Kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda gol o‘tkazmaslik bu umuman boshqa mavzu.

Manba: sports.ua
Kiritildi: 02:24, 24.01.2020.
O'qildi: 10116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.