Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Kilian Mbappe: “Juda ko‘p yig‘laganman”

Kilian Mbappe: “Juda ko‘p yig‘laganman”

Baho:
+ | -

Parijning PSJ jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe “BBC sport” nashri uchun qiziqarli intervyu berdi.

- APLda to‘p surish obro‘liroq deb o‘ylaysanmi?

-Men ayni damda PSJ jamoasi sharafini himoya qilyapman. Asosiy maqsadim jamoaning dunyo arenalaridagi mavqeyini ko‘tarish va ko‘plab sovrinlar yutib berish. Men bu klubga kelganimda 18 yosh bola edim. To‘g‘ri, mashxur edim, lekin super yulduz emas. Endi e’tibor bering nimalar o‘zgardi? Buning uchun terma jamoa va PSJdan minaddorman. Hozir sovuqqonlikni saqlab qolgan xolda bor e’tiborimni PSJga qaratmoqchiman. Hammasi mavsum so‘ngida muhokama qilinadi. Eng muhimi mening o‘ynimda pasayish bo‘lmasligi.

- “Liverpul” haqidagi fikring qadany?

- Bugungi kunda “Liverpul” amalga oshirayotgan ishlarga hayron qolmaslikning iloji yo‘q. Ular birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lishmadi. Bu juda qiyin. Ular xuddi mashina singari har bir o‘yinga katta e’tibor qaratishmoqda. Shu sababli g‘alaba qozonishda davom etishmoqda deb hisoblayman.

- Trend Aleksandr Arnold sening golni nishonlash uslubingdan foydalanidan xabaring bormi?

- Albatta, men bu bilan faxrlanaman. U juda ajoyib yigit.

- “Monako”ga 14 yoshingda kelganing haqida so‘zlab bersang?!

- Bu mening hayotimdagi eng katta voqea bo‘lgan desam, adashmagan bo‘laman. Meni klubga otam olib kelgan. Bu bizning o‘sha davrda oldimizda turgan variantlar ichidagi eng zo‘ri edi. Yangi joyda barcha bilan kirishib ketish juda mushkul. Tasavvur qiling, 14 yoshli bolakay ota-onasidan uzoqda, bir o‘zi istiqomat qilmoqda. “Monako”dagi birinchi yilim davomida juda ko‘p ko‘zyosh to‘kar edim. Hammasi sog‘inch tufayli. Qanchalar qiyin bo‘lmasin, futbolga bo‘lgan muhabbatim sababli barchasiga sabr qildim. Shunchaki o‘z orzuyim uchun oxirigacha kurash olib bordim.

- Oilangdan qanday maslahatlar olgansan?

- Juda erta mashxurlikning kelishi ham og‘irlik qiladi. To‘g‘risi, bundan ko‘p jabr ko‘rganman. Shunday pallada oilamning daldasi barchasini bartaraf etishga ko‘mak bergan. Ular doimmo hotirjamlikni saqlab qolishni talab qilishadi. Dadam doimmo futbol olamiga katta maqsadlar bilan kirib kelganim va ularga sodiq qolishimni eslatib turadilar. Oilam men uchun juda muhim.

- Kelajakda sendan nima kutaylik?

- Hamma narsa kutishingiz mumkin. Hozir meni kimligimni va qanday to‘p surishimni barcha biladi. Men shu tempni ushlab qolish uchun juda ko‘p mehnat qilishimga to‘g‘ri kelyapti. Bundan tashqari, o‘sishda ham davom etishim kerak. Bizning klub hali juda yosh va katta tarixga ega emas, biroq biz o‘sha tarixni o‘z qo‘llarimiz bilan yozmoqchimiz. Bizdan talab etiladigani bor e’tiborni o‘yinga qaratish, va hotirjamlik bilan orzular sari harakat qilish. 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:08, 29.01.2020.
O'qildi: 7540 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик