Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Australian open. Finalchilar aniq bo‘ldi

Australian open. Finalchilar aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Avstraliya davom etayotgan tennis bo‘yicha katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi musobaqa yakuniga yetib qoldi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida turnirning finalchilari ma’lum bo‘ldi.

Erkaklar
Yarim finalda dastlab Rodjer Federer va Novak Jokovich kortga chiqishdi. Birinchi setda shveysariyalik futbolchi ketma-ket ikki "breyk"ni amalga oshirib, hisobni 5:2 ko‘rinishga keltirdi. Ammo serbiyalik sportchi 2ta qayta "breyk"ni hisobni tenglashtirdi. Tay-brekda esa Jokovich raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 7:1.

Keyingi setlarda esa Novak o‘z o‘yinini kuchaytirib, Federerni taslim etdi — 6-4, 6-3. Shu tariqa, Jokovich final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Dominik Tim va Aleksandr Zverev o‘rtasidagi o‘yin ancha qiziqarli kechdi. Germaniyalik sportchi birinchi bo‘limni kuchli o‘tkazib, 6-3 hisobida g‘olib chiqdi.

Keyingi bo‘limlarda avstriyalik sportchi o‘z o‘yinini namoyish qila boshladi va ikkinchi setdan keyin muvozanatni tikladi — 6-4.

Uchinchi va to‘rtinchi setlar esa tay-brekkacha davom etdi. Ularda Tim g‘olib chiqdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Australian open. Yarim final, erkaklar
Rodjer Federer (Shveysariya) - Novak Jokovich (Serbiya) —  0:3 [6-7 (1), 4-6, 3-6]
Dominik Tim (Avstriya) - Aleksandr Zverev (Germaniya) — 3:1 [3-6, 6-4, 7-6 (3), 7-6 (4)]

Final.
Dominik Tim (Avstriya) — Novak Jokovich (Serbiya)

Ayollar
Ayollar o‘rtasidagi musobaqaga finaliga esa kutilmagan sportchilar yetib kelishdi. Musobaqada 14-raqam ostida saralangan AQSHlik Sofiya Kenin va ispaniyalik saralanmagan tennischi Garbinye Mugurusa chempionlik uchun kurash olib borishadi.

Australian open. Yarim final, ayollar
Eshli Barti (Avstraliya) - Sofiya Kenin (AQSH) — 0:2 [6-7 (6), 5-7]
Simona Xalep (Ruminiya) - Garbinye Mugurusa (Ispaniya) — 0:2 [6-7 (8), 5-7]

Final
Sofiya Kenin (AQSH) — Garbinye Mugurusa (Ispaniya)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:07, 31.01.2020.
O'qildi: 9092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.