Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Mojaro: Tuxel "otmen", navbat Zidangami?

Mojaro: Tuxel "otmen", navbat Zidangami?

Baho:
+ | -

Kecha «PSJ»ning «Monpelye»ga qarshi o‘yinida mojaro yuzaga keldi. Ikkinchi bo‘limda Tuxel Mbappeni zaxiraga oldi. Ammo…

Biz zaxiraga olingan futbolchilarning maydonni indamay tark etishganiga ko‘p guvoh bo‘lamiz, ayniqsa, jamoa g‘alaba qozonib turgan bir paytda. Lekin Mbappe Tuxelning bu qarorini ma’qullamadi – Tuxeldan norozi ekanligini oshkora ko‘rsatdi. Zaxira o‘rindig‘ida esa o‘yinni yomon kayfiyatda kuzatdi.

Tuxel bunday lahzalarni izohlab o‘tirmasdi. Ammo kechagi voqeaga munosabat bildirdi. "Vaziyat unchalik yaxshi emas, ammo biz bunday reaksiyaga duch kelgan yagona klub emasmiz. Bunday holatlar chalg‘itadi. Men g‘azablanmayman, lekin xafa bo‘laman, chunki bu kerak emas edi. Men murabbiyman va har doim qaror qilaman. Biz tennis emas, futbol o‘ynaymiz. Biz barchani hurmat qilishimiz kerak", dedi Tuxel.

Bu Mbappe Tuxel bilan to‘qnashayotgan birinchi holat emas. Ba’zan Mbappe o‘z harakatlari va bayonotlari bilan uni g‘azablantiradi, ba’zida jamoada  to‘qnashuvlar yuz beradi:

• Dekabr: Mbappe o‘zini zaxiraga olgan Tuxelga norozi ekanligini aytdi. Tuxel esa shunday javob berdi: «Kilian norozi bo‘lsa ham, mening qarorlarimni qabul qiladi. Biz Shupo-Motingni hurmat qilishimiz kerak, u ham o‘ynashga loyiq. Uchrashuv Kilian uchun oson kechmadi».

• Noyabr oyida ko‘pchilik Neymar va Mbappening munosabatlari haqida qayg‘urdi. Tuxel bu «PSJ» uchun eng muhimlaridan biri ekanligini bir necha bor ta’kidladi.

• May oyida Mbappe va Tuxel o‘rtasida yoqimsiz suhbat bo‘lib o‘tdi. Mbappe buni angladi. Tuxel uni «PSJ»ning eng muhim o‘yinchisi deb bilmaydi, har holda Kilian shunday fikrga keldi.

• O‘tgan mavsumda Mbappe Zidanga "Real"ni yoqtirishi haqida gapirdi. Zidan javob berdi – u Mbappeni Madridda ko‘rish yoqimli bo‘lishini aytdi. Tuxelning javobi esa shunday bo‘ldi: "Bularning barchasi biroz zerikarli. Mbappe hozirda "PSJ" futbolchisi. Kelajakda uni nima kutayotganini bilmayman».

• 2018 yil sentyabr oyida Mbappe "Nim" o‘yinchisi Teja Savanniyerni itargani uchun maydondan chetlatildi, shundan so‘ng u uch o‘yinga diskvalifikasiya qilindi va shunday dedi: "Men o‘zimni shunday tutganimdan afsuslanmayman. Agar bu holat yana takrorlansa, men yana shu ishni qilardim. Muxlislardan, barchadan uzr so‘rayman. Ammo raqiblarning bunday harakatlariga sabr qilolmayman». Tuxel esa Mbappening bu harakatlaridan norozi ekanligini yashirmadi.

 «PSJ» bilan Mbappening shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi va endi fransuz jurnalistlarining yozishicha, Tuxel va Mbappe o‘rtasida qancha ko‘p mojaro bo‘lsa, Kilianni jamoada olib qolish ehtimoli shunchalik kamayadi.

Yaqinda Mbappening o‘zi shartnomani uzaytirish haqida gaplashmasligini aytdi, chunki bunga vaqt yo‘q edi. «Bleacher Report» xabariga ko‘ra, Mbappe va uning vakillari kelgusi yozni kutishmoqda – keyin "Real" Mbappe uchun «PSJ»ga rasmiy taklifini kiritadi.

 

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 15:54, 02.02.2020.
O'qildi: 12350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик