Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Messilona

Messilona

Baho:
+ | -1

Masalan, men Messini "Manchester Siti" yoki PSJ libosida oson tasavvur qilaman. Va hozir Katalon klubi atrofida boshlangan janjalnamo holat bir necha yillar oldinga tuzilgan Messi transferi atrofidagi kampaniya bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas, deb hisoblayman. Fikrimni asoslashga harakat qilaman.

Birinchidan: argentinalik bilan amaldagi shartnoma 2021-yil yozida nihoyasiga yetadi. "Barselona" sport direktori Abidal juda diplomatik tarzda bo‘lsada loyihasi ishlanayotgan yangi shartnoma uzoq yillik bo‘lishi kerakligiga urg‘u bermoqda. Erik bu fikrlarni Messi va o‘zi o‘rtasidagi baland ohangdagi suhbat fonida aytayotgani qiziq!

Ikkinchidan: "Messi jamoasini baribir o‘zgartiradi yoki o‘zgartirishi mumkin", degan fikrimning asosiy tayanchi: hozir holat bo‘yicha uchta vektor bor - "futbolchi", "klub" va "transfer". Yaqingacha bu ro‘yxatda "transfer" vektori umuman yo‘q edi. Ammo, endi u bor. Hozircha juda ko‘rinmas nuqta misol bo‘lsada, mavjud. Yillar, mavsumlar o‘tar ekan, bir tempda harakatlanayotgan "futbolchi" va "klub" vektorlarida tezliklar o‘zgaradi. Messining sport formasi salbiylashishi bilan uning klubdagi ta’siri ham pasayadi. Futbolchining o‘zida ham yaqin yillar ichida muhitni o‘zgartirishga ehtiyoj ortadi. Chunki, ta’sir pasaygach uni klubga bog‘lab turgan gravitasion kuch ham yo‘qola boshlaydi. Leo boshqa istalgan top-klubga o‘tib 2011-2012 yillarga, ya’ni o‘zi uchun eng yuksak parvoz bo‘lgan davrga qaytishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, (bu asosiy sabab) masalan hozir Messi 300-350 millionga ham sotilishi mumkindir. Lekin, ikki yildan keyinchi?! O‘zi umuman, buyog‘iga har bir o‘tgan oy uning narxini pasaytiradi.  Axir u bugun qanchalik daho bo‘lmasin, Mbappe kabi 21 yosh emas-ku, to‘g‘rimi?! Nazdimda, agar transfer yaqin bir-ikki yilda amalga oshsa klub ham, futbolchi ham bir-biridan mutlaq manfaatlanadi.

Sal murakkab jarayon, lekin, tushunarli yozoldim deb umid qilaman!

Keyin, bu fikrlar mening o‘ta sub’ektiv, ojizona va mutlaq bahstalab qarashlarim izhori, xolos.

Bundan tashqari, men hatto ko‘pchilik qatori Messi faoliyatini Kataloniyada tugatadi, degan fikrga moyildirman. Lekin, aytganimdek, masalan u bir kun kelib klubini o‘zgartirsa juda hayron ham bo‘lmayman. Yuqorida yozganlarimni esa mitti ehtimol haqida eslatma deb bilsangiz mamnun bo‘laman!

Orif Tolipov.

P.S: Ashaddiylardan Messi haqidagi bazi fikrlarni yuraklariga yaqin olmaslikni so‘rayman. Men Messini zamonaviy futboldagi eng kuchli futbolchi deb bilishim mumkin, masalan. Lekin, u ham odam! Yoshi o‘tib, sport formasi salbiylashadi, deganimga meni "antimessichi" yoki "ronalduchi"ga chiqarmaysiz, degan umidim yo‘q emas! :)

P.P.S: Eng dahshati, yarim kechasi shularni yozib, kanalda keyinroq chiqishi uchun vaqtni surib joylab bo‘lgandim hamki Mirror nashri "Manchester Siti"da paydo bo‘lgan umid haqida yozib qoldi.

Manba: https://t.me/tolipovorif
Kiritildi: 06:29, 07.02.2020.
O'qildi: 10974 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.