Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Eng katta maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing

Eng katta maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing

Baho:
+ | -2

So‘nggi yillarda futbolchilarning maoshlari jadallik bilan o‘sib bormoqda. Darhaqiqat, bugungi kunga kelib, grandlar yulduzlarni jamoada saqlab qolish uchun katta miqdorda maosh to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Stadion.uz ayni damda sayyoramizning eng katta maosh oluvchi futbolchilari bilan tanishtirib o‘tadi.

Garet Beyl

“Real Madrid” jamoasining ayni damdagi eng isyonkor futbolchisi bo‘lishiga qaramay, uyelslikning futbolchining oylik maoshi 2,5 million yevroga teng. “Real Madrid”da Beyldan boshqa hech kim yiliga 30 million yevro maosh olmaydi. So‘nggi mavsumlarda “golfchi” laqabini ortirib olgan Garetning o‘yinida keskin pasayish kuzatilganiga qaramay, uning maoshi pasaygani yo‘q.

Antuan Grizmann

Kataloniyaga ko‘chib kelganidan beri o‘zligini izlash bilan band yigitning maoshi ham chakki emas. Kataloniyaliklar Antuanga har oyda 2,9 million yevro maosh to‘lashmoqda. Bu yiliga 34,8 millionga degani. Bugungi kunda Grizmann o‘ziga bildirilayotgan ishonchni to‘liq oqlaganicha yo‘q, biroq barchasi iziga tushib ketishi ham hech gap emas.

Luis Suares

Dunyoning eng kuchli markaziy hujumchisi Luis Suaresning maoshi borasida hech kimda savollar bo‘lmasa kerak. Jarohatidan forig‘ bo‘lish bilan band Suares ham klubda Grizmann singari yiliga 34,8 million yevro maosh olib kelmoqda. Suares “Barselona” uchun qanchalar muhim figura ekanligini muxlislar u jarohat olganda yanada yaxshi anglab yetishmoqda.

Neymar

Parij shahrining “erkatoy” mehmonlaridan biri – Neymar ham katta maosh oluvchi sportchilardan biri. Bugungi kunda Parijliklar braziliyalik futbolchini jamoada bir yil ushlab turish uchun 36 million yevroning baxridan o‘tishmoqda. Bu oyiga 3 million yevro degani. Neymar o‘ziga sarflangan va sarflanayotgan pullarni to‘liq oqlashi uchun hech yo‘q bir bor jamoani YECHLda g‘olib bo‘lishiga yordam berishi kerak. Aks holda, "Neymar" loyixasi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi aniq.

Krishtianu Ronaldu

Ronaldu ismi tushirilgan futbolkalar sayyoramizning barcha nuqtalaridan mavjud ekaligi hech kimga sir emas. Turin super klubi portugaliyalik futbolchini qo‘lga kiritish orqali bir yo‘la bir nechta yo‘nalishlarda oldinga qadam tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Marketing borasida sezilarli o‘sish kuzatilganidan ham xabaringiz bor. Bunday rivojlanishning sababchisi bo‘lgan Ronalduning maoshi ham baland bo‘lishi tabiiy. Ayni damda, “Yuventus” futbolchisining yillik daromadi 54 million yevroga teng. Oyiga 4,5 million yevro maosh oluvchi futbolchining Yoshi 35 da bo‘lishiga qaramay, uning maydondagi harakatlari kishini quvontirmoqda.

Lionel Messi

Messining personal muxlislari xafa bo‘lmasin-u, biroq so‘nggi yillarda argentinalik futbolchi shartnomani yangilash borasida klubga umuman “shavqat” qilmay qo‘ydi. Uning otasi va akasi yildan-yilga shartnomani o‘zlari uchun qulay tuzishning yangidan-yangi yo‘llarini o‘ylab topishdan charchashmayapti. Masalan, klub va futbolchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaning bandlariga ko‘ra, Messi yozda erkin agent sifati klubdan ketish huquqiga ega. Vaholanki, shartnoma 2021 yilga qadar imzolangan. 2017 yilda imzolangan shartnomada  Messining yillik daromadi 99,6(!) million yevro bo‘lishini uning agenti talab qilgan edi. Bechora “Barselona” Messini salqab qolish uchun bu shartga ko‘ngan va hali ham o‘z tarbiyalanuchisi uchun yiliga deyarli 100 million yevro sarf etib kelmoqda. Qaysidir ma’noda Messining klub uchun qilgan ulkan ishlarini ham unutmaslik lozim. Kataloniya klubining yangi asrdagi ulkan g‘alabalari ortida Messi borligi hech kimga sir emas. Nima bo‘lgan taqdirda ham, argentinalik futbolchi har oy klub byudjetida 8,3 million yevro maosh oladi. Agar, qahramonimiz “Manchester Siti”ga o‘tadigan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich yanada oshishi mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:24, 08.02.2020.
O'qildi: 21092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик