Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Zlatan faktori. "Milan" o‘zgaryapti

Zlatan faktori. "Milan" o‘zgaryapti

Baho:
+ | -

O‘tgan yilning kuzida Zlatan Ibragimovich "Los-Anjeles Gelaksi" bilan shartnomani yangilamasligi ma’lum bo‘lgach, ommaviy axborot vositalari uning keyingi jamoasi haqida har xil taxminlarni tarqata boshladi.

Shved bilan shartnoma imzolashi mumkin bo‘lgan klublar orasida "Atletiko", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Napoli", "Milan" va hatto juda kamtar “Bolonya” ham bor edi. Agar siz Ibraning yoshini hisobga olsangiz, unda bunday talablarni maqtovli deyish mumkin.

Zlatan hamma narsaga qodir. Milan surunkali kasallikni davolashga yaqin

Qarorining muhimligini va tanlaydigan jamoasi u uchun oxirgisi bo‘lishi mumkinligini anglagan Zlatan rasmiy bayonot berishga shoshilmadi. Intriga deyarli yangi yilgacha davom etdi. Nihoyat, 27 dekabr kuni hammasi oydinlashdi. Zlatan 2010 yildan 2012 yilgacha o‘ynagan «Milan» klubiga yana rasman qaytdi.

Agar Zlatanni bir so‘z bilan tasvirlab berish kerak bo‘lsa, birinchi navbatda “mashina” so‘zi keladi. Bugungi kunda Ibragimovich 38 yoshda, ammo u hali ham ajoyib jismoniy holatda va ko‘plab g‘alabalar keltirishi mumkin. Zlatan tavakkal qilishdan qo‘rqmaydi. U Yevropaning eng qiyin chempionatlaridan biriga qaytdi, maydonda o‘zini ko‘rsatmoqda.

Shunisi aniq ediki, Zlatanni faqat Yevropada muammolarga duch kelgan jamoa xarid qilishi mumkin edi. Shu tomonlama “Milan” Zlatanga, Zlatan “Milan”ga mos keldi.

Italyan klubi uchun Ibra bilan shartnoma imzolash katta yutuq. “Rossionerilar” nafaqat gol uradigan, balki jamoani birlashtira oladigan liderga muhtoj edi. Ya’ni «Milan» nuqtai nazaridan, Zlatan – bu uzoq muddatga bo‘lmasa-da g‘alaba qozonishning kalitidir.

Ibragimovichga kelsak, unga qutqaruvchi roli juda yoqadi. Hozirgi “Milan”ga g‘alabalarni qaytarsa, Zlatan obro‘sini yanada oshirib oladi. Bundan tashqari, Zlatan "Milan"ni ko‘p yillar davomida o‘zining ikkinchi uyi sifatida qabul qilganligini bir necha bor ta’kidladi. Shuning uchun, umuman, ularning birlashishi juda mantiqiy ko‘rinadi.

 

Tarkibdagi o‘zgarishlar va boshqa sxemaga o‘tish

Ibragimovichning transferidan oldin, "Milan" 4-3-3 sxemasidan foydalandi, bu ko‘pincha 4-5-1ga o‘xshash edi, chunki qanotlar biroz orqada o‘ynardi. Ularning asosiy vazifasi markaziy hujumchini to‘p bilan ta’minlash edi.

Ibragimovich kelgach esa vazifa osonlashdi. So‘nggi uchrashuvlarda "Milan" 4-4-2 taktikasi asosida o‘ynayapti. To‘g‘ri, dunyo futbolida bu ancha eski usul, ammo samarali. Chunki ushbu taktika butun maydonni qamrab olish imkonini beradi, yarim himoyachilarning hujumchini to‘p bilan ta’minlashi ehtimolini oshiradi. 4-3-3 dan farqli o‘laroq 4-4-2 da hujumchi ortida o‘ynaydigan alohida futbolchi bo‘lmaydi, ya’ni hujumchilarni to‘p bilan ta’minlash vazifasi birato‘la 4 ta yarim himoyachiga yuklatiladi. “Milan”da hozir yarim himoya va hujum o‘rtasida ko‘prik bo‘la oladigan futbolchi yo‘q, shuning uchun 4-4-2 sxemasi ma’qul ko‘rinmoqda.

Eng qizig‘i, Kshishtof Pyontek asosiy tarkibdan chetda qoldi. Chunki klub bitta hujumchi bilan o‘ynaganda shundoq ham Zlatan asosiy tarkibda tushadi. Ikkita hujumchi bilan o‘ynaganda esa shvesiyalik futbolchiga Kshishtofdan ko‘ra portugaliyalik Leao ma’qulroq tandem sifatida ko‘rindi. Natijada Pyontek “Gerta”ga sotildi.

Milandagi natijalar va jamoaviy kayfiyatni yaxshilash

Yanvar oyining boshidan, ya’ni Ibragimovichning transferidan so‘ng "Milan" chempionat va Italiya kubogida 7 ta uchrashuv o‘tkazdi va birorta ham mag‘lubiyatga uchramadi. Bundan tashqari, "rossoneri" A Seriyaning ushbu mavsumida birinchi marta ketma-ket uchta g‘alabaga erishdi. Hozirgi muvaqqat yutuq faqat Ibragimovich tufayli deb bo‘lmaydi, albatta. Ammo uning borligi jamoaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir qilayotgani bor gap. Bu haqda Arrigo Sakki shunday dedi: «Agar men o‘zgarishi mumkin bo‘lgan o‘yinchini tanlashim kerak bo‘lsa, Ibragimovichni tanlagan bo‘lardim. Nazarimda, g‘ayrioddiy ishlar qilmasdan, Ibra o‘rtoqlariga shunchaki namuna bo‘ldi va butun jamoaga o‘ziga xoslik qo‘shdi".

Zlatan o‘z ishini qilyapti: jamoaviy harakatlarda faol ishtirok etadi, to‘p uchun kurashadi va xavfli vaziyatlar yaratadi. "Milan" dagi 5 ta o‘yinda (362 minut) Ibra allaqachon 2 ta gol urgan.

Klub imijiga ta’sir

Ibraning qaytishi haqiqatan ham "Milan"ga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Zlatan – brend, bu esa klub marketingiga ham foyda keltiradi. Agar sizning jamoangizda shunday futbolchi bo‘lsa, unga umumiy e’tibor kuchayadi.

Zlatan «Milan»ning o‘yinlariga tashrif buyuradigan muxlislar sonini oshirdi. Bu ham klub uchun juda muhim edi.

Shubhasiz, Ibragimovich "Milan"ning barcha muammolarini hal qila olmaydi, u San-Siroga qaytib, vaziyatni o‘zgartirishga qodir ekanligini yana bir bor isbotlayapti.

Manba: championat.com
Kiritildi: 16:36, 09.02.2020.
O'qildi: 4080 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.