Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Lautaro Martines qaysi klubga o‘tadi?

Italiyaning “Inter” jamoasidagi ishonchli o‘yinlari bilan barcha grandlarning e’tiborini tortayotgan Lautaro uchun asosiy da’vogar nomi ma’lum bo‘ldi.

Bu haqida “TYCSports” nashri xabar bermoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, “Real Madrid” jamoasi futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 120 million yevroni to‘lashga tayyor ekanligni rasman ma’lum qilgan. Bundan tashqari, “qirollik klubi” argentinalik futbolchiga yiliga 14 million yevro maosh ko‘rsatilgan 5 yillik shartnoma ham taklif qilishni rejalshtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi uchun kurashda “Barselona” PSJ jamoalari ham mavjud. Futbolchining o‘zi, kelajagi borasida yakuniy qarorini e’lon qilganicha yo‘q.

“Manchester Yunayted” darvozaboni “trend”da!

Ayni damda “Sheffild” klubida ijara asosida faoliyat olib borayotgan darvozabon – DinHenderson bilan bir yo‘la bir nechta grand jamoalar qiziqib qoldi. TaniqliESPNnashrining ma’lum qilishicha, ular orasida PSJ, va “Chelsi” jamoalari asosiy da’vogarlar sanaladi.

Darvozabonning huquqlari “Manchester Yunayted”ga tegishli. Shunday bo‘lsada, Din De Xea sababli “qizil iblisalar”ning ikkinchi darvozaboni bo‘lishni istamayapti. Agar darvozabon mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda yakunlashni uddalasa, kelasi mavsum grand jamoalardan birining asosiy darvozaboni bo‘lishi aniq.

Gunduzining kelajagi hal etildi

Londonning “Arsenal” jamoasi tayanch yarim himoyachisi Matteo Gunduzi borasida jiddiy qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, klub 20 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytiradigan bo‘ldi. Bundan tashqari, uning maoshi va tavon puli ham kattalashadi.

Jamoa Gunduzini jamoada olib qolish uchun uning tavon pulini 100 million atrofida qilib o‘rnatmoqchi. Futbolchining o‘zi ham “Kononirlar” safida qolishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Matteo shu kunga qadar “to‘pchilar” libosida 29 ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.

 “Yuventus” yozda ko‘tarasiga futbolchi sotmoqchi


“Turinning “Yuventus” jamoasi yozda bir yo‘la bir nechta futbolchisini transferga qo‘yadi”,-deb xabar bermoqda “Tuttosport” nashri.

Unga ko‘ra jamoani birinchilardan bo‘lib Miralem Pyanich, Aaron Remzi, Duglas Kosta, Gonsalo Iguain, Aleks Sandro va Federiko Bernardeski tark etadi.

“Yuve” ketgan futbolchilarning o‘rnini yosh va kelajagi porloq Sandro Tonali, Korenten Tolisso, Rikkardo Orsolini, Filippe Koutinyo, Emerson va Leandro Paredes singari futbolchilar bilan to‘ldirishni reja qilgan.

Shuningdek, Turin klubi Leo Messining jamoaga o‘tishi borasidagi mish-mishlarni tarqatishdan charchamayapti.

“Chelsi” futbolchisi “Atalanta”da qoladi

Mario Palashich Italiyaning “Atalanta” jamoasi safida ijara asosida to‘p surayotganidan xabaringiz bor.

“Tuttomercato” nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” klubiga tegishli bo‘lgan futbolchi yozda Italiya klubi tomonidan sotib olinadi. Uning uchun “Atalanta” 15 milliondan voz kechadigan bo‘ldi.

Jamoa 25 yoshli futbolchi bilan iyul oyida shaxsiy shartnoma tuzadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida Moskvaning “Spartak” klubi futbolchini ijara olgan, biroq uni jamoada olib qolmagan edi. Xorvatiyalik futbolchining o‘zi ham klubda qolishga qarshi emas.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:20, 14.02.2020.
O'qildi: 11151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик