Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Shota Arveladze: «Chempionlar ligasida oddiy jamoalar bo‘lmaydi»

Shota Arveladze: «Chempionlar ligasida oddiy jamoalar bo‘lmaydi»

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, ertaga “Paxtakor” o‘z maydonida OCHL 2-turidan o‘rin olgan bahsda Eronning “Shahr Xodro” klubini qabul qiladi. Bugun o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bugun uchrashuv oldidan “sherlar” ustozi Shota Arveladze hamda himoyachi Yegor Krimes ishtirok etdi.

Arveladze: - O‘ylashimcha, biz uchun o‘yin oson kechmaydi. Eron jamoalari jismonan baquvvat, himoyada tartibli futbol ko‘rsatishadi. Chempionlar ligasida oddiy jamoalar bo‘lmaydi. Raqib uchun ham o‘yinning ahamiyati juda yuqori. Dastlabki ikki uchrashuvni uyda o‘ynayapmiz, oxirgi turlarda esa safarda o‘ynaymiz. Shu sababli g‘alaba qozonish muhim. Muxlislar bizni yana faol qo‘llab turishlariga umid qilaman.

Krimes: - Ertaga yaxshi o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman. Eron klublari juda jiddiy qarshilik qilishadi. Ular jismoniy faollikka asoslangan o‘yin namoyish etishadi. Muxlislarni stadionga chorlab qolaman.

– Eren Derdiyo‘q qachon to‘liq tayyor bo‘ladi?

– Derdiyo‘qning jamoa uslubiga to‘liq ko‘nikib ketishi uchun vaqt kerak. Jismonan tayyor bo‘lgan holatda ham o‘yin va yigitlarga moslashib ketishi zarur.

– “Paxtakor” Eron jamoalariga qarshi yaxshi o‘ynaydi. Statistikaga qaraydigan bo‘lsangiz, “sherlar” deyarli o‘z maydonida Eron klublariga yutqazmagan. Ertaga bu jamoaning ruhiyatiga tasir o‘tkazmaydimi? 

Arveladze: - Eron klublari bilan statistika foydamizga ishlashi bizga xalal qilmaydi. Bu umuman boshqa o‘yin. Biz ertaga yangi raqibga qarshi yangi bellashuvni o‘tkazamiz. Shu sababli bu hech kimni bo‘shashtirmaydi. Biz yaxshi o‘yin namoyish etish uchun chiqamiz.

Krimes: - Bu jamoaning Chempionlar ligasidagi ikki o‘yinini ko‘rdik. Ularning o‘sha o‘yinlarda gol urmagani hujum chizig‘i bo‘yicha nimanidir bildirmaydi. Raqibning kuchli va kuchsiz tarafini o‘rganib chiqib, shunga yarasha o‘yin namoyish qilamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:51, 16.02.2020.
O'qildi: 4618 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик