Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Verner: «Liverpul» hujumchilari darajasidaman deya olmayman»

Verner: «Liverpul» hujumchilari darajasidaman deya olmayman»

Baho:
+ | -


Germaniyaning «RB Leypsig» jamoasi hujumchi Timo Verner o‘zining “Liverpul”ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

“Liverpul” ayni damda dunyoning eng kuchli jamoasi. Ularning o‘yin uslubi istalgan jamoani yengishga qodir. Men bu jamoaning o‘yinlarini kuzatib turishimni yashirib o‘tirmayman. So‘nggi paytlarda ushbu jamoa men bilan qiziqayotganini eshitish juda yoqimli. To‘g‘risi, “Liverpul”dek klub sen bilan qiziqayotganini his etish juda yoqimli. “Liverpul” katta klub. Ularning tarkibida juda yuqori saviyadagi ijrochilar jamlangan. Ayniqsa hujum chizig‘idagi futbolchilar bilan raqobatga kirishish mushkul.

Shunga qaramay, men o‘z ustimda ishlashda davom etmoqchiman. “Liverpul” jamoasi darajasiga chiqishim uchun ko‘p mehnat qilishim kerak. Birinchi navbatda o‘zim vaziyat yaratishim va o‘zim yakunlashni to‘liq o‘zlashtirishim kerak.

Hozircha o‘zimni “Liverpul” hujumchilari darajasidaman deya olmayman, biroq mehnat qilishda davom etsam buning iloji bor. Agar “Liverpul” darajasia chiqsamgina “qizillar”ga o‘tishim mumkin. Ana shunda mersisaydliklar safida yo‘qolib qolmayman.

Shunday bo‘lsada, hozir bor e’tiborimni “RB Leyips”dagi faoliyatimga qaratganman. Oldimizda juda muhim o‘yinlar kutib turibdi. Biz kichik jamoamiz tarixida ulkan g‘alabalarga erishishi uchun harakat qilyapmiz. O‘ylashimcha, bu mavsumda ichki birinchilikda g‘olib chiqish uchun imkoniyatlarimiz chakki emas. Asosiysi so‘nggi turlarga qadar g‘oliblik uchun kurash olib borishimiz kerak. Ana shundagina chempionlarga hos mavsum o‘tkazgan bo‘lamiz. Meni “Leypsig” jamoasi yangi darajaga olib chiqdi. Klubdan ketsam ham jamoam oldidagi burchimni bajarmay ketmayman.

Manba: VIAsport
Kiritildi: 22:16, 20.02.2020.
O'qildi: 2717 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик