Bild nashrining yozishicha, “Borussiya Dortmund” futbolchisi Marko Roys YECHL doirasidagi PSJga qarshi javob o‘yinida maydonga tushishi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchi PSJ qarshi o‘yingacha boshqa o‘yinlarda ishtirok etmaydi.
Ma’lumot uchun, Roys joriy mavsum o‘zining eng yaxshi formasini namoyish qilmoqda. So‘nggi 8ta o‘yinda 6ta gol urgan va 5ta golga assistentlik qilgan edi, biroq fevralda jarohat olib safdan chiqqan.