Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Muhammadkarim Xurramov: “G‘alabadan keyin o‘zimga bo‘lgan ishonch yanada ortdi”

Muhammadkarim Xurramov: “G‘alabadan keyin o‘zimga bo‘lgan ishonch yanada ortdi”

Baho:
+ | -

O‘zbek sporti muxlislariga porlab chiqayotgan yosh yulduzlarimizni yaqindan tanishtirishda davom etamiz. Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turnirida -100 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Muhammadkarim Xurramov ushbu tasnifdagi musobaqada o‘zining dastlabki oltin medaliga sazovor bo‘ldi. E’tiboringizga ushbu polvonimiz haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni havola qilamiz.

Muhammadkarim Xurramov 1997 yil 4 aprel kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tavallud topgan. Samarqand dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi. Murabbiyi O‘ktam Rahmonov.

Xurramov kurashchilar oilasida dunyoga kelgan. Uning bobosi Muhammadkarim ota ham Surxon vohasining taniqli polvonlaridan bo‘lgan. Bobosiga o‘xshagan polvon bo‘lsin deb otasi unga ham Muhammadkarim deb ism qo‘ygan. Uning ukasi Chingiz Shokirov ham o‘sib kelayotgan umidli sportchilardan biri. Hozirda yoshlar terma jamoasida shug‘ullanmoqda.

Xurramov faoliyatini -90 kilogramm vazn toifasida boshlagan. 2016 yildan yuqori natijalar qayd eta boshladi. Shu yil Toshkent Gran-prisida uchinchi o‘rin, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida esa oltin medal egasi bo‘ldi. 2018 yildan -100 kilogramm vazn toifasiga o‘tdi.

“Men hech qachon vazn tashlamayman. Hozir ham shaxsiy vaznim 96-97 kilogramm. Vazn tashlab, kuch yo‘qotgandan ko‘ra o‘z holimda kurashsam, foydasi ko‘proq bo‘lishini dadam ko‘p aytadi”, – deydi Xurramov yangi vaznda o‘tishi haqida.

Bilasizmi, kechagi maqolamiz qahramoni Bobonov va Xurramovning o‘xshash jihatlari juda ko‘p. Masalan, ikkisi ham bitta dzyudo maktabida shug‘ullangan, tengdosh, xizmatdosh, bitta oliy o‘quv-yurtida tahsil olishadi, bir yilda (2018) yuqori vazn toifasiga o‘tishgan va 2019 yildan yana yaxshi natijalar qayd eta boshlashdi va Dyusseldorfda yana birga chempion bo‘lishdi. Bunaqa yaqinlik hamisha ham uchrayvermasa kerak. Xurramov 2019 yil ketma-ket Marrakesh va Tbilisi Gran-prilari, Osiyo chempionati va yozgi Universiada o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Dyusseldorf esa uning uchun Katta dubulg‘a turnirlaridagi ilk medali va g‘alabasi bilan yodda qoldi.

“Dyusseldorfda men uchun qiyini yarim finaldagi bellashuv bo‘ldi. Musobaqaga tayyorgarlik doirasida Parij va Kyolndagi yig‘in katta foyda berdi. Yig‘inda asosan ro‘baro‘ kelishi mumkin bo‘lgan har bir raqiblarimiz ustida ishladik. Iliadis bizga shartli raqib bo‘lib, xuddi ulardek kurashdi. Xatolarimiz ustida ishladik. Shunday mashg‘ulotlarning samarasini ko‘rdik mana. Umuman olganda bu murabbiy terma jamoaga yangi ruh olib kirdi. Biz ham u kabi afsonaviy dzyudochi bo‘lishni istaymiz va shu motivasiya bizga yanada kuch beryapti. G‘alabadan keyin o‘zimga bo‘lgan ishonch yanada ortdi. Undagi quvonch va zavqni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi”, – deya Katta dubulg‘a turniri haqida fikr bildirdi sportchimiz.

O‘z navbatida biz ham sportchimizning oldinda turgan yirik musobaqalarda mana shunday muvaffaqiyatli ishtiroki bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:44, 26.02.2020.
O'qildi: 3093 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.