Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Ro‘ziqul Berdiyev: «G‘alabaning sababchisi — xotirjamlik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «G‘alabaning sababchisi — xotirjamlik»

Baho:
+ | -

“Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev OAVga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

“Bugungi g‘alabaning sababchisi xotirjamlik deyishim mumkin. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng ham xotirjamlikni saqlagan holda yigitlar g‘alabaga ishonch bilan harakat qilishdi va bugungi g‘alabaning asosi bo‘ldi.

Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Faqat bugun ayrim sabablarga ko‘ra yetakchi futbolchilardan foydalana olmadik. Albatta, mavsumni g‘alaba bilan boshlash yoqimli holat va barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun uzoq yo‘l bosib kelib, qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman.

Mavsum endi boshlandi va natijalar har xil bo‘lishi mumkin. To‘pni nazorat qilish, qarshi hujumlar ustida ish olib borishimiz kerak ekanligini ko‘rinib qoldi”, – dedi Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:32, 01.03.2020.
O'qildi: 2459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик