Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Andrey Fyodorov: "Muxlislarning effekti “Navbahor”ga katta foyda berdi"

Andrey Fyodorov: "Muxlislarning effekti “Navbahor”ga katta foyda berdi"

Baho:
+ | -

Superliga 2-turida “Navbahor”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– O‘yin haqida gapirish juda qiyin. Biz ko‘zlangan rejalarni unchalik darajada bajara olmadik. Asosiysi, “Navbahor” bizga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatishini bilgandik va shunga qarab tayyorgarlikni davom ettirdik. Ayrim pallalarda bizga sabr yetmadi. Yigitlar o‘yin biroz asabiy o‘tishini, kontaktlarga boy bo‘lishini bilishgandi. Shuningdek, o‘yinda balans yetishmadi. To‘p bizga tushishi bilan tezda yo’qotyapmiz. Yo’qotilgan to‘pni qaytarishda esa ko‘plab kuch sarfladik. O‘yin chiroyli bo‘ldi. Muxlislar ham zerikib qolishmadi, ikki tomon ham maydonda borlarini berishdi. Bizga faqatgina sovuqqonlik yetishmadi. Agarda birinchi bo‘limdagi vaziyatlardan foydalanganimizda barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Biroq bu futbol, urmadik, ikki gol qo‘yib yubordik. O‘z ustimizda ishlab, oldinga harakatlanishda davom etamiz.

– Nima deb o‘ylaysiz, “Navbahor”ning g‘alabasiga qanday omillar asosiy hissa qo‘shdi va stadion atmosferasi haqida nima deya olasiz?

– Bugun muxlislar “Navbahor”ning 12-o‘yinchisi bo‘lib tura oldi. Futbolchilar ham buni his qilgan holda yuqori kuch bilan o‘ynashdi. Agarda stadionlarimizda muxlislar shu tariqa ko‘payishsa, futbol yanada jozibadorroq bo‘ladi va futbolchilar ham katta ishtiyoq bilan maydonda harakatlanishadi. Menimcha, muxlislarning effekti “Navbahor”ga katta foyda berdi.

– “Lokomotiv”ning oldida qanday maqsadlar bor?

– Bizda maqsad hech qachon o‘zgarmaydi. Oldimizdagi har bir o‘yinda g‘alabaga erishish. Biz mavsumning borishiga qarab ish qilamiz. Ammo hech qachon maqsadlarimiz o‘zgarmaydi.

– “Lokomotiv” legionerlarining bugungi o‘yinlariga qanday baho berasiz?

– Aynan kimlarnidir ajratib ko‘rsata olmayman. Ba’zi pallalarda futbolchilar o‘zlarining asablarini tiyib tura olishmadi. Kimlardir birinchi marta shunday tribunalar ostida futbol o‘ynamoqda. Bu futbolchiga katta bosim beradi. Muxlislar esa haqiqatdan ham 12-o‘yinchi bo‘lishdi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:53, 06.03.2020.
O'qildi: 5022 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.