Ayni paytda butun dunyoga xavf solib borayotgan koronavirusi sabab ko‘plab xalqaro turnirlar bekor qilinmoqda. Jumladan, may oyiga qadar dzyudo bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan Gran-pri, Katta dubulg‘a turnirlari ham o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Bu haqida Xalqaro dzyudo federasiyasi ma’lum qilmoqda. Jumladan, bir necha kundan so‘ng start olishi kerak bo‘lgan Yekaterinburg Katta dubulg‘a turniri ham bekor qilindi. Manbada ma’lum qilinishicha, bunday qarorga kelinishiga sabab, avvalo, sportchilarning sog‘lig‘ini saqlashdir.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Gruziyaning Tbilisi hamda Turkiyaning Antalya shaharlarida Gran-pri turnirlari bo‘lib o‘tishi kerak edi.