Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar

Mishu "Chelsi"dan ketadi

Mishu Batshuayi yozda “Chelsi”nit ark etishidan xabaringiz bor. “DailyStar” nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchi yozda Londonning “Kristal Pelas” jamoasiga o‘tadi. Belgiyalik futbolchi shu yo‘sinda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni reja qilgan.

Manba bergan xabarlarga ko‘ra, futbolchi va “Kristal Pelas” jamoasi o‘rtasida muzokaralar boshlagan va barchasi yozda amalga oshadi.

Eslatib o‘tamiz, Mishu 2018/19-yilgi mavsumning ikkinchi qismini “Kristal Pelas” safida 11 ta uchrashuvda harakat qilgan va 5 ta gol urgan.

Xolandning qiymati ko‘tarilmoqda

 

Futbolchilarning transfer qiymati borasida ma’lumot beruvchi taniqli transfermarket portali bergan xabarlarga ko‘ra, “Borussiya Dortmund” jamoasi hujumchisi Erling Xolandning transfer qiymati rekord darajaga ko‘tarildi.

Transfermarket portalining yangilangan qiymatiga ko‘ra norvegiyalik futbolchining narxi 80 million yevroga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Bundesliganing eng qimmat futbolchisi Jeydon Sancho bo‘lib, uni o‘z safida ko‘rishni istagan klublar 130 million yevrodan voz kechisiga to‘g‘ri keladi.

Jeyms “Manchester Yunayted”da uzoqroq qoladi

 

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi jamoaning uelslik yarim himoyachisi Deniel Jeyms bilan shartnomani yangilash borasida ish olib bormoqda.

“The Sun” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “qizil iblislar” futbolchining birinchi mavsumda ko‘rsatgan o‘yinidan mamnun bo‘lishgan va uning maoshini 35 mingdan 50 mingga ko‘tarib qo‘ymoqchi. Shuningdek, u bilan tuzilgan shartnoma ham uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” Jeymsni mavsum boshida “Suonsi” klubidan 21 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Sokratis qaytmoqchi

 

Londonning “Arsenal” jamoasi himoyachisi Sokratis Papastatopulus o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.

“Sporttime” nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchi yozda katta ehtimol bilan Bundesligaga qaytadi.SHunindek, futbolchiga MLSning bir yo‘la 5 ta jamoasidan taklif kelib tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Sokratis bu mavsumda “Arsenal” safida APLning 19 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi.

APLda iste’fo bo‘lishi mumkin

 

Birmingemning “Aston Villa” klubi jamoa bosh murabbiyi – Din Smitni iste’foga chiqarishi mumkin. “The Telegraf” nashri bergan xabarlarga qaraganda, jamoa murabbiy “Chelsi” bilan o‘yinda ijobiy natija ko‘rsata olmasa, uni ishdan olishni reja qilmoqda.

48 yoshli murabbiy va klub o‘rtasidagi kelishuv 2023-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lsada, klub uning tavon pulini to‘lash orqali yangi murabbiy olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Smit APLning so‘nggi 4 ta uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi va jamoani havfli zonaga yaqinlashtirib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:42, 11.03.2020.
O'qildi: 9262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.