Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Koronavirus va futbol»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Koronavirus va futbol»

Baho:
+1 | -

“Muqaddas zamin” filmida Salohiddin Ayubiydan: - Quddus siz uchun nima? – deb so‘ralganida, zo‘r javob bergan: “Quddus men uchun hamma narsa... va shu bilan birga “hech narsa”.

Bugungi koronavirus va futbol masalasida ham shu javobni keltirgan bo‘lardim. Faqat teskari variantda.

Futbolni o‘ta yuqori darajaga chiqarib yuborganimiz, yaxshi ko‘rganimiz boisidan uning qoldirilishi, rejalari buzilishini tasavvur qilmagan ekanmiz. Italiya A seriyasi rahbarlari mamlakatda bu virus keng suratda rivoj olayotganda, o‘yinlar baribir o‘tishini, hech bo‘lmasa muxlislarsiz o‘tishini ta’kidlashgandi. Vaziyat og‘irlashgach, ularning o‘zlari hukumat rahbarlariga A seriyani vaqtincha to‘xtatib turishni iltimos qilishdi. Hozirda Angliyada shunaqaroq vaziyat.

Virus shiddatli tarzda tahdid solayotganda, shaharlar bo‘shab qolayotgan lahzalarda futbolning asl darajasi yuzaga kelgandek. U jamiyatning nechanchidir o‘nligiga ham kirmasligini, usiz hayot to‘xtab qolmasligini anglab yetdik. Futbolchilarning o‘zlari ham qo‘rqib ketishdi. Italiya klublari samolyoti Ispaniya zaminiga qo‘nmasin, deb so‘ragan ham futbol ahli bo‘ladi. O‘rtaga inson joni qo‘yilgan vaqtda futbol tugul boshqa narsalarni ham yig‘ishtirib turish lozimligi tasdiqlandi.

Shu bilan birgalikda, yaqinda nasib qilsa virusga davo topiladi, kunlar isib ketsa, Xudo xohlasa, maskalar yechiladi, karantinlar tugaydi. Shunda hamma o‘z sevgan ishiga qaytadi. Biz, muxlislar, futbolchilar, umuman dunyo ahli futbolga qaytadi. Va bilasizmi shunda nima bo‘ladi?  

Sog‘inch yoshlaridan unib chiqqan maysalar ustida charm to‘p tepilishi bilanoq ko‘zlarimiz yana yoshlanadi. Asir ozodlikni sog‘inib, uning bag‘riga o‘zini otgan misol stadionga oshiqamiz, Futbol tv orqali Yevropa futbolini tomosha qilishni boshlaymiz va birdan FUTBOL – HAMMA NARSA EKANLIGINI anglab qolamiz.

Ozgina sabr, o‘rtoqlar! Nasib qilsa, ozgina qoldi. Hammasi yaxshilik bilan tugaydi. Bu balo avvalo yurtimizni chetlab o‘tsin, jahon ahlini daf etsin va futbolni bizga qaytarsin. “Hech narsa”ni “hamma narsamiz”ga aylantirsin.

Maqola so‘nggidagi xulosa: Koronavirus bizga ikki masalani tushuntirib qo‘ydi: Inson hayoti o‘ta muhim va futbol aslida biz o‘ylagan darajadan yuqoridagi sport turi ekan.

Xayrulla HAMIDOV

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 17:52, 13.03.2020.
O'qildi: 5439 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.