Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

La ligani davom ettirishning 4ta varianti ko‘rib chiqilmoqda

La ligani davom ettirishning 4ta varianti ko‘rib chiqilmoqda

Baho:
+ | -

Ko‘p davlatlarda bo‘lgani kabi Ispaniyada ham mavsum to‘xtatildi. 2019/2020 yilgi mavsumni yakunlab qo‘yish uchun esa hozirda 4ta variant ko‘rib chiqilmoqda. Buni Ispaniya qirollik futbol federasiyasi prezidenti Luis Rubiales ham tasdiqladi. Yakuniy qaror 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan komissiya yig‘ilishida qabul qilinadi. Agar federasiya va La liga bir qarorga kela olmasa, yakuniy qaror Rubiales tomonidan qabul qilinadi.

Birinchi variant: Barcha o‘yinlar o‘tkaziladi
La Liga (28 va 29-tur) va Segunda (32 va 33-tur)ning navbatdagi 2ta tur o‘yinlari boshqa muddatga qoldirildi. Lekin bu muddat yana uzaytirilishi mumkin. Asosiy muammo shundaki, qolgan 11ta tur o‘yinlarini yakunlab qo‘yish uchun tavqimda yetarli vaqt mavjud emas. Ko‘p narsa UYEFA tomonidan qabul qilinadigan Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Yevro-2020 musobaqalari borasidagi qarorga bog‘liq.

Ko‘chirilgan o‘yinlarni o‘tkazish uchun taqvimda 2ta bo‘sh kun mavjud — 18 aprel va 20 may. Agar Chempionlar ligasi to‘xtatilsa yoki pley-off bosqichi formati o‘zgarsa (bitta bosqich bitta o‘yindan iborat bo‘lsa), bo‘sh kunlar soni oshadi. Boshqa tomondan, Yevro-2020 kelasi yilga qoldirilsa, iyun oyi to‘laligacha bo‘shaydi va qoldirilgan o‘yinlarni bu muddatda o‘tkazish mumkin.

Ikkinchi variant: Mavsum bekor qilinadi
Agar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada yomonlashib ketib, chempionatdagi tanaffus cho‘zilib ketsa, Ispaniya futbol federasiyasi va La liga mavsumni butunlay bekor qilishi mumkin. Bunday holatda chempion aniqlanmaydi. Shuningdek, YECHLga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan va Primeroni tark etgan jamoalar bo‘lmaydi. Ushbu mavsumda La ligada o‘ynayotgan 20 jamoa kelasi mavsumda ham turnirda ishtirok etadi.

Uchinchi variant: Mavsumni 27-turdan keyin yakunlash
Hozirgi kunga kelib La ligada 27ta tur o‘yinlari o‘tkazildi. Ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri — mavsumni hozirgi holatda yakunlash. Unga ko‘ra, «Barselona» chempionlikni qo‘lga kiritadi; «Real Madrid», «Sevilya» va «Real Sosyedad» Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi; «Xetafe» va «Atletiko» Yevropa ligasida ishtirok etadi; «Malyorka», «Leganes» va «Espanyol» Segundaga yo‘l oladi. «Kadis» va «Saragosa» yuqori divizionga chiqadi.

Barcha klublar bir-birlari bilan bir xil miqdorda o‘yin o‘tkazmagani bu variant sport prinsiplariga unchalik mos kelmaydi.

To‘rtinchi variant: Birinchi davra yakuni bo‘yicha mavsumni shakllantirish
Qolgan o‘yinlarni o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa, birinchi davra yakuni bo‘yicha mavsum o‘tkazilgan deb hisoblanadi. Bunda jamoalar bir-birlari bilan bir martadan to‘qnash kelishgan. Ushbu variantda ham chempionlik "Barsa"ga nasib etadi. Birinchi davradan keyin "ko‘k-anorranglilar" va "Real" 40 ochkodan jamg‘arishgan, o‘zaro o‘yinda durang qayd etilgan, to‘plar farqi bo‘yicha esa kataloniyaliklar ustun.

Bunday variantda «Atletiko» va «Sevilya» Yevropa chempionlar ligasi, "Real Sosyedad", "Valensiya" va "Xetafe" Yevropa ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. «Malyorka», «Leganes» va «Espanyol» Segundaga tushib ketadi.

Bunda A seriya tanlamoqchi bo‘lgan variantga ham murojaat qilish mumkin. Agar imkoniyat va vaqt bo‘lsa, chempionlik va La ligani tark etadigan jamoalarni aniqlash uchun pley-off seriyasi o‘tkaziladi.

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 07:51, 14.03.2020.
O'qildi: 11394 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.