Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ko‘zoynak taqqan “Pitbul”

Ko‘zoynak taqqan “Pitbul”

Baho:
+ | -

Stadion.uz Gollandiya futbol afsonasi Edgar Davidsni tug‘ulgan kuni bilan muborakbod etadi. Bugun futbol olamida o‘z nomini qoldirishga muvaffaq bo‘lgan Edgarning eng sara iqtiboslarini e’tiboringizha havola etadi.

Futbol haqida

Men futbolni ikki maqsad uchun o‘ynar edim. Birinchisi futboldan lazzat olganim bo‘lsa, ikkinchisi  qanchalar kuchli ekanligimmni barchaga ko‘rsatib qo‘yish bo‘lgan. Menga futbolni eng yuqori saviyada namoyish qilish baxti nasib etgan, biroq men futbolning barcha jabhalarini chuqur hurmat qilaman. Agar men futbolchi bo‘lmaganimda ham dam olish kunlarimni futbol bilan o‘tkazgan bo‘lar edim.

Ko‘cha futboli haqida

Mening kariyeram ko‘cha futbolidan boshlangan. O‘ylashimcha men futboldagi eng muhim va qadrli saboqlarni ko‘cha futbolidan olganman. Agar siz Janubiy Amerikalik futbolchilarga e’tibor qaratsangiz, ularning ham katta qismi aynan ko‘cha futbolida suyagi qotgan yigitlar. Mendagi  “ijodkorlik”, tezkorlik va chaqqonlik uchun ko‘cha futbolidan minaddor bo‘lishim kerek. Bu sifatlar menga katta futbolda qo‘l keldi.

Og‘riq haqida

Kariyeramning so‘nggi yilida men og‘riqsiz to‘p surish qanday bo‘lishini ham unutib qo‘ydim. Shunga qaramay, og‘riq meni futboldan mahrum qila olmadi.

O‘z o‘yin uslubi haqida

O‘yinlarni hujumchilar va “fantazista”lar yutib beradi, biroq har bir jamoa jismonan baquvvat va agressiv futbolchiga ega bo‘lish kerak. Bunday futbolchilar raqibning o‘yinini buzib tashlashi va jamoasi uchun maydonda jang qilishi kerak. Menimcha, bu ishni yaxshi uddalaganman.

Yuduzlar haqida

Buyuk iqtidor egalari doimo harakteri og‘ir insonlar bo‘ladi. Shu sababli bir tom ostiga keragidar ortiq yulduzlar yig‘ilsa, jamoadagi ego kuchayib ketadi. Bunday jamoani boshqarish juda mushkul. Barcha narsada balans bo‘lishi kerak.

Tashqi ko‘rinishi haqida

Men o‘z tashqi ko‘rinishim bilan qo‘shimcha mashxurlikka erishganimni aytib o‘tishim lozim. Ko‘zoynak va soch turmagim meni Davids bo‘lib tanilishimdagi eng muhim omillar bo‘ldi.

Ustozlari haqida

Lui van Gal va Marchello Lippi men uchun futboldagi va shaxsiy hayotimdagi eng kerakli o‘gitlarni bergan murabbiylar sanaladi.

Muxlislar haqida

Bu qanchalar g‘alati tuyulmasin, futbol klublari muxlislar borligi uchungina mavjud. Futbolchilar ham muxlislar sababli yaxshi daromad olishadi. Biz kimdan minaddor bo‘lishni yaxshi bilishimiz kerak!

Hayot haqida

Har kuni senga ozor bergadigan narsalar bilan to‘qnash kelishga to‘g‘ri keladi. Faqat aqli insonlargina bunday vaziyatdan o‘zi uchun naf chiqara oladi. Qiyinchiliklar esa, u insonni yanada kuchli shaxsga aylantiradi. Buning uchun biroz vaqt kerak. Yoshing o‘tgani sari o‘zing uchun nima yaxshiyu nima yomon ekanligini yaxshi anglab borasan.

Haqiqat haqida

Futbolda eng muhimi bu – haqiqat! Haqiqat bolalikdan boshlanadi. Bu  hujumchi bo‘lishni istasada, gol urishni eplay olmagani uchun himoyaga turgan yosh futbolchini eslatadi. Agar sabr qilmasang, va murabbiyga o‘z e’tirozingni oshkor qilsang, haqiqat o‘z kuchini yo‘qotadi. Shunga qaramay, barchaning o‘z haqiqati bor.

Sadoqat haqida

Futbolda sadoqat mavjud emas. Aslida u kerak ham emas. O‘rtadagi hurmatning o‘zi barchasini o‘rnini bosa oladi.

Chempionlar Ligasi haqida

Bu menning sevimli musobaqam. YECHL shu qadar mushkul musobaqa-ki, ba’zan o‘yinlar ochiqchasiga lotareyaga aylanib ketadi. Omad sizga kulib boqsa, musobaqada qolasiz, aks xolda raqiblar oldinga qadam tashlashadi.

Irqchilik haqida

Doimmo samimiy va ochiqko‘ngillik bilan aytilgan so‘zlar yoqimli. Shunga qaramay, doimmo omma e’tibor markazida turuvchi insonlar har so‘zlarini o‘ylab olishlari kerak. Afsuski, bunday insonlar orasida irqchilari ham mavjud. Men irqchilarni mollar to‘dasiga berkingan qo‘yga o‘xshataman. Shunga qaramay, barchada tanqidiy fikrlash erkinligi bor.

Katta va kichik klubdagi ish

O‘ylashimcha, katta klubda murabbiylik qilish kichik klubda ishlashdan ancha osonroq. Sababi, grand jamoalarda murabbiyning vazifasiga klub ishlari kirmaydi. U bor e’tiborini mash’ulotlarga va o‘yinga qaratishi mumkin. Misol uchun  Reykard Rotterdamning “Sparta” jamoasi boshiga kulfat singari kelgan bo‘lsa, “Barselona”da barcha musobaqalarda g‘olib chiqdi.

Futbol va shaxmat

Bu o‘yinlarning katta farqi yo‘q. Futbolda ham shaxmatda ham tezroq o‘ynagan va xato qilmaganlar g‘olib chiqadi.

Ronaldu yoki Messi?

Messi – chinakam fenomen! U fint ishlatishga, uzatma amalgam oshirishga va gol kiritishga qodir. Bundan tashqari, Leo o‘yinni juda yaxshi o‘qiy oladi. Ronaldu esa shunchaki atlet. U o‘z o‘yini ustida juda ko‘p ishlashiga to‘g‘ri kelagan. Endi o‘rinli savol. Mashg‘ulotlar ortidan Messiga o‘xshashning iloji bormi? Albatta yo‘q, lekin mashg‘ulotlar ortidan ikkinchi Ronaldu bo‘lish mumkin.

Faoliyatidagi eng kuchli jamoadoshi haqida

Men Zayniddin Zidanni tanlayman. U ajoyib inson va fantastik futbolchi! Men uchun u bilan “Yuventus” yarim himoyasida harakat qilish katta sharaf bo‘lgan. Umuman olganda, u ham men haqimda shunday fikrda

Almashtirib bo‘lmas futbolchi

Futbol olami Alessandro Del Pyero singari futbolchini boshqa hech qachon ko‘rmaydi.

Eng jismonan kuchli futbolchi

Men Yap Stam bilan birga to‘p surganman. U chinakam qoya edi. Ochig‘i u bilan mashg‘ulotlarda ham qarama-qarshi kelishni hech kim istamasagan.

O‘z tanasiga bo‘lgan munosabati haqida

Men hayotim davomida hech qachon spirtli ichimlik ichmadim, narkotiklarni qabul qilmadim xatto tamaki ham chakmadim. O‘z vaqtida tanamga zarar yetkazishidan qo‘rqib shifokorlar yozib bergan dorilarni ham qabul qilishdan bosh tortganman. Mening ruhim joylashishi mumkin bo‘lgan bir dona tanam bor xolos. Shu sababli uni ehtiyot qilishga harakat qilaman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:18, 14.03.2020.
O'qildi: 5570 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.