O‘zbekiston Superligasining 3-tur o‘yinlari yakunlandi. Odatga ko‘ra turning eng yaxshilarni aniqlashda davom etamiz.
Stadion.uz nashri talqiniga ko‘ra, Superliga 3-turning eng yaxshi darvozaboni deb “Navbahor” posboni O‘tkir Yusupov topildi.
Yusupov vodiy derbisida “Andijon”ga qarshi o‘yinda jamoasini bir nechta vaziyatlarda muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Qolaversa, u o‘zining darvozasi dahilsizligini ham saqlab qoldi. Shuningdek, Yusupov mazkur turning ramziy terma jamoasidan ham o‘rin oldi.