Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 23:45 Frozinone 0-5 Inter
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz.

Emirik “Barselona”ga o‘tadimi?

 

“Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Emirik Lyaport Ispaniyaga qaytishga juda yaqin turibdi. 25 yoshli himoyachining hizmatlari bilan Kataloniyaning “Barselona” klubi jiddiy qiziqib qolgan.

Manba bergan xabarlarga ko‘ra, “Barsa” yozda Samuel Umtitini transferga qo‘ygani bois, jamoaga yangi himoyachini jalb qilishni rejalashtirmoqda. “Manchester Siti” himoyachisi yozda katta ehtimol bilan “Barsa”ning asosiy transfer maqsadiga aylanishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, “shaxarliklar”ning ikki yillik ta’qiqqa tushib qolishi bois “Barselona” yozda Emerikni qo‘lga kiritish imkoniga ega

“Inter” Godinning o‘rinbosarini izlamoqda

 

“Corriera Della Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Milanning “Inter” jamoasi jamoaning maraziy himoyachisi – Diyego Godinning o‘rnini bosishga qodir futbolchi izlashda davom etmoqda. Ayni damda jamoa nishonida “Verona” klubi himoyachisi Marash Kumbula turibdi.

20 yoshli albaniyalik futbolchi bugungi kunda dunyoning eng iqtidorli himoyachilaridan biri sanaladi. Shuningdek, Kumbulauchun bir nechta grand jamoalar ham da’vogarlik qilmoqda. “Verona” jamoasi o‘z futbolchisini jamoada olib qolishning iloji yo‘qligi bois, uni sotib yuborishga qaror qilgan

Manba bergan xabarlrga ko‘ra, “Verona” Marashning transferidan 20 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Rafayel Varan APLga yo‘l oladi?!

 

“Real Madrid” jamoasi himoyachisi Rafayel Varan yozda Angliyaning “Manchester Siti” klubiga o‘tishi mumkin.     Manba bergan xabarlarga qaraganda, 26 yoshli futbolchining hizmatlari bilan “Manchester Siti” jiddiy qiziqib qolgan.

“ManchesterEveningNews” nashri bergan xabarlarga qaraganda, himoyachining hizmatlari bilan “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiolaing o‘zi jiddiy qiziqib qolgan.

Yozda “Manchester Siti” sifatli markaziy himoyachi harid qilish maqsadida. Shuningdek, jamoa nishonida Upamenkano va Umtitilar bor.

Garay “Roma” nishonida

 

Italiya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, “Valensiya” markaziy himoyachisi Esekyel Garay yozda Rimning “Roma” jamoasi safiga borib qo‘shilishi mumkin. Gap shundaki, Garayning “ko‘rshapalaklar” bilan tuzgan shartnomasi yozda o‘z yakuniga yetadi. Shu sababli, “bo‘rilar” argentinalik futbolchini erkin agent maqomida jamoaga jalb etishni rejalashtirgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Garayning o‘zi ham faoliyatining qolgan qismini Italiyada davom ettirishga qarshi emas. Sababi, bugungi kunda “A Seriya” yoshi katta futbolchilar uchun eng qulay birinchilikka aylanib bo‘lgani ko‘rsatilmoqda

Yovich APLga yo‘l oladi?!

 

“Real Madrid” jamoasi yozda Luka Yovichni transferga qo‘yadi. Serbiyalik hujumchi jamoadagi tartibsizligi va omadsiz mavsumdan so‘ng, sotuvga qo‘yilishi aniq bo‘lib ulgurdi. Ayniqsa, uning Madridda e’lon qilingan Karantinga qaramay Serbiyaga uchib ketganidan so‘ng, klub o‘z futbolchisidan qutilishga qaror qilgan.

Ispaniya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, klub hujumchini yozda 40 million yevro evaziga sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Luka uchun da’vogarlar orasida Angliyaning “Tottenhem” va “Chelsi” jamoalari yetakchilik qilmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:28, 22.03.2020.
O'qildi: 9244 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.