Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Ispaniya futbol federasiyasi rahbari: «La liga may oyida boshlanmaydi»

Ispaniya futbol federasiyasi rahbari: «La liga may oyida boshlanmaydi»

Baho:
+ | -

Ispaniya qirollik futbol federasiyasi prezidenti Luis Rubiales La liganing 2019/2020 yilgi mavsumni yakunlash borasida rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barcha sport musobaqalari to‘xtatilgan. Hozircha yangi sana haqida o‘ylamayapmiz va taxmin qilmaymiz. Munosib vaqt kelganida ushbu masala muhokama qilinadi. Ammo hozir aniq sanani belgilamoqchi emasmiz. Jamiyat normal hayotga qaytganida, o‘shanda bu haqda gaplashamiz. Futbolchilarga eng yaxshi sharoitlarda o‘ynash imkoniyatini berishimiz kerak. Hozircha rejalar haqida gapira olmayman. Bashorat bilan shug‘ullanishni yoqtirmayman. Qurbonlar ko‘p. Mavsumni qayta boshlashning aniq sanasini belgilay olmaymiz.

Qanday bo‘lmasin mavsumni yakunlashimiz kerak, lekin buning keyingi mavsumga ham ta’siri bo‘lishi kerak emas. Maqsadimiz — mavsumni yakunlash. Biz shunchaki klublarni Segundaga yubora olmaymiz, Segundadan jamoalarni La ligaga ko‘tara olmaymiz. Ular buni haqli ravishda qo‘lga kiritishlari kerak. Mamlakat tiklanganidan keyin mavsum oxiriga yetkaziladi. Mavsumni may oyida qayta boshlashning iloji yo‘q. Ammo bu mavzuda adashgan bo‘lishimni istardim. Aks holda taqvimni cho‘zishga to‘g‘ri keladi. Maqsad — mavsumni saqlab qolish. Bu bizning g‘oyamiz. Qaysi jamoa g‘olib chiqishi, qaysi jamoa yutqazishidan qat’i nazar, bu ish maydonda hal bo‘lishi kerak», — dedi Rubiales "Marca" nashriga bergan intervyusida.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 20:38, 25.03.2020.
O'qildi: 3301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик