Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Bahriddin Vahobov: «Paxtakor»ga o‘tganimdan afsuslanmayman»

Bahriddin Vahobov: «Paxtakor»ga o‘tganimdan afsuslanmayman»

Baho:
+ | -

Surxondaryolik sobiq futbolchi Bahriddin Vahobov "Surxon" klubi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Siz futbolchilik faoliyatingizni "Surxon"da boshlagansiz. O‘sha "Paxtakor" bilan bo‘lgan kubok bahsidan so‘ng, siz "Paxtakor" jamoasi futbolchisiga aylandingiz. O‘sha yillari aynan kim sizni "Paxtakor" jamoasiga taklif qilgan?
— To‘g‘ri, futbolchilik faoliyatimni "Surxon" futbol klubida boshladim. Bir mavsum to‘p surdim. Shundan so‘ng, siz yuqorida ta’kidlaganiz "Paxtakor" bilan o‘yinda ikkita gol urdim. O‘yin yakunlangach, kiyinish xonasidan chiqsam Samvel Babayan kutib turgan ekan. U menga Toshkentga borishimni va "Paxtakor" mashg‘ulotlariga qo‘shilishimni aytdi. Ko‘pchilik, Samvel Babayanni yomon ko‘radi. Lekin menimcha u ko‘pchilik futbolchilarga yordami tekkan. Qizig‘i, Toshkentga borib, aeroportdan tushganimda Samvel Babayan bilan birga Yuriy Sarkisiyan ham kutib turgan ekan. Birinchi bo‘lib Yuriy Vazgenivichni ko‘rganim uchun, u menga seni Farg‘onaga olib ketgani keldim dedi. Hayron qoldim. Meni "Paxtakor"ga taklif qilishganini aytdim. Shundan so‘ng, Yuriy Sarkisiyanga barchasini to‘g‘ri tushuntirdim. Meni Samvel Babayan va Viktor Jalilov kutib turgan ekan. Shu tariqa "Paxtakor" jamoasi safiga borib qo‘shildim.

— "Paxtakor" jamoasiga bordingiz va u yerda jaroxat olib, ancha vaqt futboldan chetda yurdingiz. Shunda, "Paxtakor" jamoasiga o‘tganingizdan afsus qilganmisiz?
— Yo‘q, hech qachon afsus qilmaganman. U yerda men katta yutuqlarga erishdim. O‘zbekiston milliy terma jamoalaridan chaqiruv oldim. Eng yodda qoladigani "Paxtakor"ga borganimda jaroxat oldim. "Paxtakor" meni Germaniyaga olib bordi va operasiya qildirdi. Yana futbolga qaytardi.

— Siz 2018 yil "Surxon" jamoasiga kelishingizdan oldin Superligada to‘p surar edingiz. Aynan kim sizni "Surxon" jamoasiga taklif qilgan?
— Meni shaxsan "O‘zbekgidroenergo" bosh direktori va "Surxon" klubi bosh homiysi Abdug‘ani Sanginov "Surxon" jamoasiga taklif qildi. Shuningdek, o‘sha paytdagi Surxondaryo hokimi Erkin Oqbo‘tayevich ham "Surxon" jamoasi o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yganligini, va jamoaga yordam berishim kerakligini aytdi. Shu takliflardan so‘ng, men "Surxon" jamoasiga kelishga qaror qildim.

— 2018 yil "Surxon" jamoasi o‘z oldiga Superligaga chiqishni maqsad qilgan edi, lekin yakunda Pro liga 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Aytingchi, nega "Surxon" o‘sha yili Superligaga chiqa olmadi?
— O‘sha yili "Surxon" jamoasiga barcha sharoitlar yaratib berilgan edi. Keraksiz o‘yinlarda ko‘plab ochkolarni yo‘qotdik. Bundan tashqari shu yili bizdan tashqari yana to‘rt jamoa Superligaga chiqish uchun kurash olib bordi. Har bir o‘yin finaldek o‘tdi desam adashmagan bo‘laman. Omad yetishmaganligi sabab Superligaga chiqa olmadik deb o‘ylayman.

— Futbolchilik faoliyatingizni yakunlagandan so‘ng, "Surxon" jamoasi yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida edingiz. Nega yoshlar jamoasi murabbiyligini tark etdingiz?
— "Surxon" jamoasi murabbiyligini tark etishimga sabab, men bir vaqtning o‘zida TerDU talabasi ham hisoblanaman. Universitetda talab kundan-kunga oshib bormoqda. Murabbiy asosan vaqtini futbolchilar bilan o‘tkazishi kerak deb o‘ylayman. Men esa universitetda darslar bilan band bo‘lib qoldim. "Lokomotiv" yoshlariga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, yoshlar bosh murabbiyi Baxtiyor Bozorov iste’foga chiqarildi. Men ham shundan so‘ng, jamoani tark etishga qaror qildim.

— Eshitishimizga qaraganda, bugungi kunda Siz, "B" murabbiylik kursida o‘qimoqdasiz. Shu rostmi?
— Ha, rost. Men yaqindagina "B" murabbiylik kursining birinchi bosqini yakunlab keldim. Kelajakda hali yana o‘zimni murabbiy sifatida sinab ko‘rmoqchiman.

— Siz oz vaqt bo‘lsada murabbiy bo‘lib ishladingiz. Aytingchi, futbolchi bo‘lish yaxshimi yoki murabbiy?
— Menimcha futbolchi bo‘lib maydonda harakat qilish osonroq. Murabbiy bo‘lgach, ko‘proq izlanish kerak. Har bir bola bilan ham jismonan, ham psixologik jixatdan ishlashingiz kerak. Murabbiylik mas’ulyatli kasbdir.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 09:00, 29.03.2020.
O'qildi: 4110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик